Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
31.05.2013 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar

27 - 31 maygacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 344 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan  344 ta avtoreferatga (quyidagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 86 ta, tibbiyot - 59  ta,  texnika - 72 ta, san'at - 4 ta, madaniyat - 35 ta, tabiiy fanlar - 48 ta, sport - 7 ta, tilshunoslik - 11 ta, q/x - 15 ta, adabiyotshunoslik - 7 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 
30.05.2013 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan tadbir

Butundunyo mamlakatlarida 1 iyunda o`tkazilishi an`anaga aylanib qolgan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni har yili bolalarga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan turli xil tadbirlar bilan nishonlanadi. 30 may kuni O`zbekiston Milliy kutubxonasida ham SOS O`zbekiston Bolalar mahallasi uyushmasi, O`zbekiston-Yaponiya madaniyat markazi, YUNISEF va BMT taraqqiyot dasturi hamkorligida qator bayram tadbirlari o`tkazildi. Mazkur tadbirga poytaxtimizdagi Mehribonlik uylari, kam ta'minlangan, serfarzand oilalar, bog‘cha va maktablarning yuzdan ziyod o‘g‘il-qizlari taklif etildi. Tadbirda tashkil etilgan ko‘ngilochar o‘yinlar, turli fanlarga oid intellektual viktorinalar, mahorat maktablari bolajonlarga bir olam quvonch bag‘ishladi.

30.05.2013 E'LON

2013 yil 31 may kuni Milliy kutubxonada «Tozalik kuni» deb e'lon qilinadi.

Ushbu kun kutubxona foydalanuvchilarga  xizmat ko‘rsatmaydi.
29.05.2013 Kutubxonaning 2013 yil may oyi uchun asosiy ko‘rsatkichlari

Qatnovlar - 47 569
Kitob berilishi - 408 258
Ekskursiyalar (tashkilotlar) - 26 , qatnashganlar soni  - 1 059
Yangi kelib tushgan nashrlar: kitoblar - 511, avtoreferatlar - 517, jurnallar  - 567, gazetalar - 5617.  Jami - 7 212 
KBK (Kutubxona Bibliografik Klassifikatsiyasi) qo‘yildi - 266
Xalqaro standart raqami ISBN qo‘yildi  - 306 
Xalqaro standart raqami ISSN qo‘yildi  -  18
Elektron katalogga kiritilgan bibliografik yozuvlar - 1 183   
29.05.2013 ISBN va ISSN xalqaro standart tartib raqam berilishini elektron ko‘rinishidagi taqdimoti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi-axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1729-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarori qabul qilindi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yuqoridagi qarorning  bajarilishi doirasida bir qator ishlar  bajarildi.

27.05.2013 ISBN va ISSN xalqaro standart tartib raqam berilishini elektron ko‘rinishidagi taqdimoti

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan respublikada chop etilayotgan kitoblarga (ISBN) va davriy nashrlarga (ISSN) xalqaro standart tartib raqamlarini  berilishini kompyuter tarmog‘i orqali interaktiv shaklda tashkil etish, ushbu sohada nashriyotlar va tahririyatlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan respublikada chop etilayotgan kitoblarga ISBN va davriy nashrlarga ISSN xalqaro standart tartib raqamlari  berilishini elektron ko‘rinishida tashkil etildi.


Oldin   140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 156 157 158 159 160 161 162    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar