Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Jahon adabiyoti durdonalari» nomli ko‘p jildli to‘plamning 1- kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


28.04.2015

 

2015 yil 28 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Jahon adabiyoti durdonalari» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda O‘zbekiston xalk yozuvchisi Muhammad Ali, sos.f.d. professor Abdusalom Umarov, jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad, tarjimon Mahkam Mahmud, jurnalist va tarjimon Erkin Ernazarov, shoir Shukur Qurbon, Fransiya, Yaponiya va Shveysariya elchixonalari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘quvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Kitobda Jan-Batist Poklen Moler, Jan de Lafonten, Jan-Jak Russo, Onore de Balzak, Kobo Abe kabi jahon klassik adabiyoti namoyondalarining shoh asrlari jamlangan. Kitobda mashhur adiblar asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasidan tashqari ularning qisqacha biografiyasi, xikmatli so‘zlari, ular hayoti va ijodi xronologiyasi va asarlarining bibliografiyasi berilgan.
O‘zbek tiliga tarjimalar Oybek, O.Muxtor, O.Sharofiddinov, A.Saidov, X.Sharipov, A.Abdukodirov, M.Maxmudov, M.Mirzoidov, P.Usman, K.Mirmuxammedov, M.Xolbekov, S.Toirov va E.Ernazarovlar kabi mohir tarjimonlar tomonidan o‘girilgan.
Mualliflik guruhi a’zolari mazkur to‘plamning yaratilishi tamoillari va unga yondashuv haqida gapirar ekanlar, to‘plamdagi tarjimalar o‘zbek tiliga asl tildan bevosita tarjima qilinganligini va davriy nashrlarda bosilib alohida nashr etilmagan asarlar tanlanganligini ta’kidladilar.
O‘zbekiston xalk yozuvchisi Muhammad Ali «Jahon adabiyoti durdonalari» kitobining tuzilishini sharhladi va har bir tarjimon mehnatini alohida baholadi. «To‘plamga qo‘l urar ekan, mualliflar uning har bir xonadon kitob javonidan turkum kitoblar qatoridan joy olishini niyat qilganlar. Zero, maqsadimiz-bir necha shoh asarlarni bir joyda jamlab, kitobxonlarga mutolaa qilishda qulaylik yaratish, jahon adabiyoti namoyondalari hayoti va ijodi to‘g‘risida  ma’lumot berishdan iborat». 
«Insoniy komediya» tarjimasi muallifi, tarjimon, f.f.d. professor M.Xolbekov kitob tarjimasi jarayonida o‘ziga xos tarjima laboratoriyasi vujudga kelgani va ustoz-shogird an’analarining davom etayotgani, yosh umidli tarjimonlarni jalb etilayotgani haqida gapirib berdi. O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi vakili Miriam Gallan xonim kitob tuzuvchilariga, barcha tarjimonlarga va fransuz yozuvchilariga bo‘lgan qiziqishlari uchun o‘zbek kitobxonlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. «O‘ylaymanki, mehnatingiz xalqlarimiz o‘rtasida madaniyatlararo aloqalarni mustaxkamlashda ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi va o‘zaro ma’naviy hayotimizni boyitishda katta rol o‘ynaydi». 
Kitob taqdimoti davomida tarjimonlar va tuzuvchilar «Jahon adabiyoti durdonalari» kitobining navbatdagi jildlarida o‘zlarining shoh asarlari bilan mashhur bo‘lgan osiyolik, yevropalik va amerikalik adiblar bisotidan namunalar berib borish niyatida ekanliklarini aytdilar.
Tadbirda ishtirok etayotgan adabiyotshunoslar, tarjimonlar, filologlar, o‘qituvchilar, talabalar va kutubxona foydalanuvchilari taqdim etilayotgan kitob hususida o‘z fikrlarini bildirdilar va mualliflar jamoasiga ijodiy barkamollik tiladilar. 

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar