Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2015” “FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


27.04.2015

 

2015 yil 22-24 aprel kunlari Toshkentda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda axborot- kutubxona resurslari - Central Asia – 2015” IX Xalqaro anjumanini bo‘lib o‘tdi. Konferensiya har yili O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida o‘tkazilib kelinadi. 
Anjuman maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.
22 aprel kuni, konferensining birinchi kunida axborot-kutubxona makoni rivojlanishida kutubxonalarning tutgan o‘rni va ahamiyati, axborot-kutubxona faoliyatining ilm-fan, madaniyat va ta’limni rivojlantirishdagi roli va ahamiyati, axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan hamkorligi, axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining mutolaa madaniyati, axborot madaniyati va media savodxonligini shakllantirish masalalari ga bag‘ishlangan sho‘balar majlislari bo‘lib o‘tdi.
Axborot-kutubxona makoni rivojlanishida kutubxonalarning tutgan o‘rni va ahamiyati mavzusiga bag‘ishlangan birinchi sho‘ba majlisida Germaniya kutubxonachilik uyushmasining xalqaro faoliyati, Rossiya Prezident kutubxonasini yaxlit holatga keltirishda  kompleks uslubiy shakillantirish,Britaniya kutubxonasining foydalanuvchilarga 2023 yildaaxborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishdagi tasavvuri, Ukraina davlat o‘smirlar kutubxonasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, qo‘lyozmalarning xalqaro raqamli kutubxonasida ma’lumotlarning choksiz agregatsiyasi, axborot-kutubxona muassasalari rivojlanishini boshqarish, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil qilingan o‘quv kurslari, mamlakatimizda axborot - kutubxona muassasalari faoliyatida huquqiy mexanizmlar, taraqqiyot jarayoni va dolzarb masalalari, ARM va umumta’lim muassasalari kutubxonalarida axborot kutubxona fondini shakllantirish va ularning saqlanishini ta’minlash to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.
Germaniya kutubxonachilik uyushmasi raisi F.Redis Germaniya kutubxonachilik uyushmasining xalqaro faoliyati to‘g‘risida gapirar ekan, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va ularni tadbiq etishda IFLA Germaniya Milliy Ko‘mitasi, EBLIDA Yevropa kutubxona byurosi, BIDInternatsional axborot kutubxonasi va BIB Germaniya professional axborot kutubxonasi faoliyatlariga alohida urg‘u berib o‘tdi.
Ikkinchi sho‘ba majlisida axborot-kutubxona faoliyatining ilm-fan, madaniyat va ta’limni rivojlantirishdagi roli va ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib unda yoshlar bilan ishlovchi kutubxonalarning imkoniyatlari, axborot-kutubxona faoliyatining ilmiy jihatlari, kitobshunoslikni tarixiy-tipologik o‘rganishda kommunikatsion tizimlar ahamiyati, Sog‘liqni saqlash mutaxassislariga masofaviy axborot xizmati ko‘rsatilishida elektron kutubxona resurslari, korporativ axborot-kutubxona tizimlarda ishlov berishga mo‘ljallangan minimal bibliografik yozuv tarkibi, badiiy adabiyot sohasida biobibliografik ko‘rsatkichlar, EBSCO Discovery Service kompaniyasi misolida kutubxonaning barcha ma’lumotlar bazasi va katalogi ishini optimallash va ZEUTSCHEL kompaniyasidan rejalashtirish, boshqarish, kundalik nazorat va raqamli kolleksiyalarni taqdim etish bo‘yicha takliflaridan iborat ma’ruzalar tinglandi. 
Ma’ruzachilar axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish, kutubxonalar faoliyati va  imkoniyatlari, alohida e’tiborga loyiq bo‘lgan axborot fanlarining umumiy tizimida kutubxonalar roli to‘g‘risida gapirdilar.
EBSCO kompaniyasimenejeri I.Kreysarova kutubxonaning ma’lumotlar bazasi va katalogi ishini optimallashda qo‘l keluvchi EBSCO Discovery Service ishlanmalarini taqdim etdi. T.f.d. professor E.Oxunjonov esa kitobshunoslikning tarixiy-tipologik ta’limotiga bag‘ishlangan ma’ruzasida kitob nashri, kitob sotuvi, kutubxonachilik va bibliografiya tarixi haqida so‘zladi.
Uchinchi sho‘ba majlisi axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan hamkorligiga bag‘ishlangan bo‘lib unda Madaniyat muassasalari o‘rtasida hamkorlik, Ilm-fanni rivojlantirishda patent axborotlariningo‘rni va ahamiyati, Arxiv faoliyatida axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi va arxiv hujjatlari qidiruvini avtomatlashtirish, Audiovizual hujjatlarning elektron kataloginiyaratish masalalarimuhokama qilindi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tizimidagi sanatoriy-kurortlar  kutubxonalari va Sirdaryo viloyat ko‘zi ojizlar maxsus axborot-resursmarkazifaoliyatito‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi katta ilmiy xodimi, t.f.n., dotsentM.Isakova o‘z O‘zbekiston arxivlarida axborot resurslaridan foydalanishni tashkil qilishning huquqiy jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida ilmiy tadqiqotlarning katta qismi arxivlar, muzeylar va kutubxonalardan olingam ma’lumotlarga tayanganligini, va u yerlarda hujjatli meroslarni targ‘ib etish keng yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi.
To‘rtinchi sho‘ba majlisi axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining mutolaa madaniyati, axborot madaniyati va media savodxonligini shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi. Unda axborot-kutubxona muassasalari media makoni va uning o‘sib kelayotgan avlod kamolotiga ta’siri, o‘quvchilar mutolaa madaniyati tarbiyasiga qaratilgan ijtimoiy-madaniy tadbirlar, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining ta’lim jarayonida media savodxonligini shakllantirishning innovatsion usullari, Qoraqalpog‘iston ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida mediata’limni rivojlantirishga kompleks yondoshuv, turli yoshdagi foydalanuvchilarda o‘qish madaniyati va internet manbalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi ma’ruzalar tinglandi. 
23 aprel kuni, konferensiyaning ikkinchi kuni yalpi majlis doirasida davom etdi. Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati fan, ta’lim, madaniyat va sport ko‘mitasi raisi Z.Nizamxodjaev, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati G.Xudoyorova, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi mas’ul xodimi O.Omonov, O‘zbekiston fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti B.Abduxalimov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vaziri birinchi o‘rinbosari A.Fayzullaev, Intellektual mulk agentligi bosh direktori o‘rinbosari M.Bobojonovlar so‘zga chiqdilar. So‘zga chiqqanlar yosh avlodni har taraflama yetuk bo‘lib yetishishida, fan, ta’lim va madaniyat rivoji yo‘lida o‘z innovatsion ko‘magi bilan Prezidentimz Islom Karimov rahnamoligida kutubxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ro‘yobga chiqarishda axborot-kutubxona muassasalarining rolini alohida ta’kidladilar.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 1870 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni damda u maorif, fan va madaniyatni targ‘ib etuvchi makazga aylangan. Hozirgi kunda mazkur kutubxona katta imkoniyatlar va keng xizmatlar ko‘lamiga ega, umumiy fondi 6 983 039 nusxa, shundan 348 320 nusxasi elektron ko‘rinishdagi resurslar bo‘lgan muxtasham va ko‘ptarmoqli kompleksdir. Kutbxona foydalanuvchilarining umumiy soni 105,2 ming kishini tashkil etgan holda yillik tashriflar 550,0 ming foydalanuvchidan ziyod.
Shuningdek, yalpi majlisda Rossiya  Davlat kutubxonasi bosh direktori A.Visly, Alisher  Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev, Belorusiya Milliy kutubxonasi direktori R.Motulskiy, Rossiya  Milliy kutubxonasi bosh  direktori A.Lixomanov, M.Axundov  nomidagi Ozarbayjon Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari G.Safaralieva, Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi bosh  direktor o‘rinbosari A.Yusupova, B.N. Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi bosh  direktor o‘rinbosari Ye.Jabko, Kemerovo davlat madaniyat va san’at universiteti, ijtimoiy soha axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori, p.f.n., professor N.Gendina, Rossiya  Davlat bolalar kutubxonasi direktori M.Vedenyapina, Yevroosiyo kutubxonalari Assambleyasi raisi G.Raykova, Qirg‘iziston Respublikasi Milliy kutubxonasi, Ilmiy-nashriyot faoliyati bo‘lim mudirasi G.Baytakovalarning ma’ruzalari tinglandi.
24 aprel kuni, konferensiyaning uchinchi kuni  maxsus  tashkil etilgan o‘quv treninglari, seminarlari, davra suhbati, taqdimot va aksiya doirasida o‘z ishini davom ettirdi. Unda bibliografik yozuvlarni UZMARC formatida shakllantirish, axborot-kutubxona muhitida mutaxassislarning axborot va media madaniyatini oshirish, axborot-kutubxona amaliyotida ogohlantirish va nizoli vaziyatlarni hal etish masalalariga oid mahorat darslari, «Inklyuziv muhitda axborot-texnologiyalari va axborot-kutubxona texnologiyalarining roli» mavzusida seminar, «O‘zbekiston Respublikasi yig‘ma elektron katalogni shakllantirish muammolari» mavzusida davra suhbati, «XXI asrda ma’lumot va axborot xizmati» kitobi taqdimoti,  «Oxford University Press resursiga bepul a’zo bo‘lish» aksiyasi va konferensiya qatnashchilari uchun Toshkent shahri axborot-kutubxona muassasalariga professional ekskursiyalar tashkil etildi.

Konferensiyada tinglangan 74 ta doklad konferensiya tezislari va ma’ruzalari to‘plamiga kiritildi. Shuningdek, ma’ruzalar to‘plami elektron tashuvchilarda elektron resurs sifatida ko‘paytirilib tarqatildi.  Konferensiyada 260 kishi qatnashdi. Istiqbolda O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga asos soluvchi konferensiya tavsiyalari shakllandi.




 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar