Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
09.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Nogironlar kuniga bag‘ishlangan musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi


2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Nogironlar kuniga bag‘ishlangan musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbir Boshqird-tatar milliy madaniyat markazining “Agidel” klubi tomonidan tashkil etildi. Tadbir doirasida musiqiy konsert, I guruh nogironi rassom Hudoyshukur Radjapovning rasmlari ko‘rgazmasi, shuningdek, Toshkent sh. MPA bosh treneri, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Rashid Safaralievning O‘zbekiston paralimpiya jamoasi a’zolari, Jahon va Osiyo chempionatlari sovrindorlarining kundalik hayoti va g‘alaba onlari muhrlangan fotosuratlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

06.12.2015 Hurmatli foydalanuvchilar !

 

Dushanba kunini shanba kunga ko‘chirilishi munosabati bilan bayram arafasi 7 dekabr kuni ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish soat 16.00 ga qadar amalga oshiriladi.
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida dam olish kuni e’lon qilinadi.           

  Ma’muriyat

05.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


2015 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda Milliy kutubxona direktori A.Xodjaev barcha ishchi va xodimlarga  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalq farovonligi, mamlakatning moliyaviy, siyosiy, demokratik va harbiy sohalarda o‘sishini ta’minlovchi roli va ahamiyati haqida gapirdi. A.Xodjaev respublikada davlat xokimiyatining asosiy konstitutsion tamoyili – davlat suvereniteti, xalq hokimiyati, fuqarolar huquqi va erkinliklari dahlsizligi tamoyili, shaxs va davlatning o‘zaroma’suliyati tamoyili, qonuniylik tamoyili, mahaliy o‘z-o‘zini boshqaruv kabi hokimiyatning bo‘linishi tamoyili, sud organlarining tuzilishi tamoyili va bshq. bilan tanishtirdi. Shunigdek, u kutubxona xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi bilan muborakbod etdi va barchaga sog‘lik, baxt va omad, oilaviy xotirjamlik va farovonlik tiladi.

05.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Georg Fridrix Gendelning «Amir Temur» kitobi bilan boyitildi


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi nemis kompozitori Georg Fridrix Gendelning «Amir Temur» kitobining o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan boyitildi. Tarjima taniqli shoir va tarjimon G‘ulom Mirzo tomonidan amalga oshirilgan. Kitob “Yangi asr avlodi” nashriyotida 2015 yilda, 118 bet xajmda chop etildi. 

Nemis kompozitori Georg Fridrix Gendel, Amir Temurning qahramonliklari va adolatparvarligidan ruhlanib 1724 o‘zinig qolgan asarlari orasida alohida o‘rin tutgan mazkur “Tamerlan” asarini yaratgan.  Uning “Amir Temur” (“Tamerlan”) operasida tarannum etilgan murakkab syujet chizig‘idagi voqealar muzaffar Sohibqiron Amir Temur va unga asir tushgan Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim o‘rtasida bo‘lib o‘tadi va kompozitorning eng ko‘p ijro etiladigan musiqiy asarlari sirasiga kiradi.

03.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi


2015 yil 3 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi “Istiqbol” yoshlar qanoti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – yoshlar o‘rtasida Konstitutsiya g‘oyalarining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, shuningdek, yosh avlodni milliy qonunchiligimiz faoliyatiga doir axborot bilan tanishtirib borish.  

03.12.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi


2015 yil 3 dekabr kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida  Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

Bu kun 1992 yilda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan nogironlar muammosiga jamoatchilikni jalb qilish, ularning haq – huquqlarini himoya qilish, aholining ko‘makka muhtoj qatlami, imkoniyati cheklangan insonlarga moddiy va ma’naviy yordam berish, ular jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun ko‘maklashishga chorlash, bir-birimizga mehr-muruvvat ko‘rsatishga undash maqsadida ta’sis etilgan.


Oldin   4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar