Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


20.04.2015

 

13 – 17 aprelgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 286 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 167 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 46 ta, tibbiyot – 6 ta, ta’lim va madaniyat – 18 ta, texnika – 2 ta, q.x. – 1 ta, san’at – 5 ta, tabiiy fanlar – 10 ta, badiiy adabiyotlar – 22 ta, adabiyotshunoslik – 40 ta,  tilshunoslik – 7 ta ), 119 ta avtoreferatlarga (siyosat - 40 ta, tibbiyot - 13 ta,  texnika - 19 ta, tabiiy fanlar – 18 ta,  ta’lim va madaniyat - 9 ta, q.x. - 3 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, tilshunoslik - 7 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarni 21 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.

10 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi. 

Joriy yilda 919 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.     

Jami: hozirgi kunda  AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni  546650 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 13 – 17 aprel holatiga ko‘ra 175 nusxa gazeta, 3 jurnallardan, jami 494 bibliografik yozuv kiritildi. 205 bibliografik yozuv tahrir qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 71 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 66 ta va bolalar adabiyoti uchun 5 ta) berildi. 18 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 2 raqam berildi. 3 ta shartnoma tuzildi. 6 tahririyat raqami tasdiqlandi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar