Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ilm-fan kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


16.04.2015
 
2015 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘qish zalida  Ilm-fan kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar, jurnallar va foto-suratlar ilm-fanning turli  yo‘nalishlariga dahldor – bular, tabiiy, gumanitar, ijtimoiy, texnik va amaliy fanlar. Ular orasida matematika, fizika, ximiya va axborot texnologiyalari bo‘yicha darsliklar va qo‘llanmalar ham bor.
 Ko‘rgazmada Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy kabi o‘rta asr Sharq allomalari va Qori Niyoziy, S. Azizov, M. Tursunov, X To‘laganova kabi yetuk olimlarining kitoblari alohida o‘rin tutmoqda.  
Foydalanuvchilar ko‘rgazmada namoyish etilgan “100 velikix izobreteniy”, “100 velikix geograficheskix otkrtiy”, “100 velikix geniev”, “100 velikix geologicheskix otkrыtiy” va “100 velikix nauchnыx otkrыtiy” deb  nomlangan turkum ensiklopediyalardan nima, qachon, qaerda, kim tomonidan va qanday sharoitlarda kashf etilgani haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.  ”Kimyoviy bilimlar sarchashmasi”, “Buket ot matematika”, “Biz bilgan va bilmagan kimyo” kabi qiziqarli kitoblar esa tajribalar va ilmiy izlanishlar to‘g‘risida hikoya qiladi.
Shuningdek, ko‘rgazmada Islom Karimovning Sharq allomalarining ilm-fan rivojiga qo‘shgan bahosi yuksak baholangan va mamlakatimiz ilmiy salohiyatining istiqboldagi rejalarini belgilab bergan “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” va “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” kitoblari ham namoyish etilmoqda. 
O‘ta qiziquvchanlar “Masofaviy ta’limning 7 jihati”, “Axborot kommunikatsiyalar: tarmoqlar, texnologiyalar, yechimlar”, “Al-Xorazmiydan internetgacha”, “Genetika: putevoditel” kabi kitoblar bilan tanishadilar.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari bu yerda fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qiziqishlariga mos keluvchi adabiyotlarni topadilar.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar