Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


12.04.2015

 

 
2015 iyl 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqlol” zalida Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada “Bolalar ensiklopediyasi”, “Men dunyoni anglayman” seriyalaridan ilmiy-tadqiqotlar, fan va texnikaga oid kitoblar, “Yulduzli osmon”, “XX asr. G‘aroibotlar yilnomasi”, “Kosmodromga yo‘l” va “Borlik.Savollar javoblardan ko‘p” kabi qiziqarli kitoblar o‘rin olgan. Shuningdek, bu yerda uchuvchi apparatlar, aviatsiya va kosmosga bagishlangan kitoblar namoyish etilgan.
Bu yerda xar bir foydalanuvchi konstruktorlar, kosmonavtlar, uchuvchilar va aviator olimlar, ularning dunyo kosmonavtikasi faniga qo‘shgan xissasi, shuningdek, konstruktorlik ustaxonalarida uchuvchi apparatlar maketlari yaratilishi jarayoni hakida malumotga ega bo‘ladi.
Bolalar ensiklopediyasi rang-barang rasmlar bilan boyitilgan. Hayratga soluvchi koinot va koinot mavjudotlari to‘g‘risidagi hiqoyalar esa o‘qiganlarni befarq qoldirmaydi.
Ko‘rgazmada, shuningdek, maxsus aviatorlar va aviatsiya sohasiga qiziquvchi kitobxonlar uchun chop etiladigan va bu sohadagi qiziqarli ma’lumotlar, ilmiy yutuqlar va uchar jismlar haqida hikoya qiluvchi “Aviatsiya i kosmonavtika: vchera, segodnya, zavtra” va “Grajdanskaya aviatsiya” jurnallari ham o‘rin olgan.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar