Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirish va axborot texnologiyalardan foydalanish etikasini shakllantirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


10.04.2015

2015 yil 10 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” Dasturi doirasida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan olib borilayotgan galdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. 

Davra suhbati “G‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, badiiy, sport, harbiy-vatanparvarlik, milliy o‘yinlar va boshqa yo‘nalishlarda milliy axborot-resurslarini rivojlantirish – bugungi kun talabi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Tarix” fakulteti, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudirasi Marhabo Sobirova, mazkur universitet “Tarix” fakulteti, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Abduvali Norboev va shu universitet “Fizika-matematika” fakulteti, “Informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirabbos Fayozov lar olib bordilar.
Marhabo Sobirova o‘z ma’ruzasida “Yoshlarning g‘oyaviy, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirishda qadriyatlarning o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasida yoshlarning ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi “yevropalashtirish ta’siri”, “islomlashtirish ta’siri”,  kabi ma’naviy xurujlar va ma’naviy barkamol yoshlarni  tarbiyalashda  foydalanish zarur bo‘lgan tarixiy meros, falsafiy fikr xazinalari, diniy qadriyatlar, urf va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari kabi milliy ma’naviy qadriyatlarni turkumi haqida tushuncha berdi.

Yoshlarda g‘oyaviy, ma’naviy, ma’rifiy dunyoqarashlarni shakllantirishda milliy qadriyatlarning o‘rni to‘g‘risidagi suhbatida Abduvali Norboev  talabalarga tabiat va inson uyg‘unligi, insonning dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan omillar to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Mirabbos Fayozov esa o‘z “Milliy o‘yinlar va boshqa yo‘nalishlarda milliy axborot resurslarini rivojlantirish” mavzusida talabalar bilan muloqot olib bordi va ularga uz domenidagi milliy o‘yinlar va milliy axborot resurslari manzillari va ularning ishlash tamoillari bilan tanishtirdi. 
Taqdimotlar ko‘rgazmaliligi va amalda keltirilgan misollar bilan boyitilganligi bois tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilindi va ma’ruzalar yuzasidan qizg‘in savol-javoblarga sabab bo‘ldi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar