Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


08.04.2015

 

2015 yil 8 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan “Sohibqiron” nomli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarixchi, temuriyshunos-olim Hakimjon Sattoriy, Temuriylar shajarasi muzeyi ilmiy xodimi Fazliddin Rahimov, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi ilmiy xodimi Sanjar G‘ulomov, Akademik Milliy drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Muminov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Tursun Qoratoev, Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kursantlari, Oliy xarbiy bojxona instituti tinglovchilari, Toshkent soliq kolledji o‘quvchilari, mazkur dargohlar xodimlari, shuningdek Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bosh muharriri, shoir Shukur Qurbon olib bordi.
Milliy kutubxona direktori o‘rinbosari Umida Teshabaeva tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, uning qatnashchilarini qutladi va bu sananing aximiyati va mohiyati bilan barchani tanishtirdi va “Amir Temur nafaqat sarkarda, balki madaniyat, san’at va ilm-fan taraqqiy etgan markazlashgan davlat asoschisi ham edi. Bu esa har bir o‘sib kelayotgan yosh avlodga bobolarga munosib avlod bo‘lishni talab qiladi”, dedi.   
So‘zga chiqqanlar Amir Temurning bunyodkorlik ishlari va ilm ahliga qilgan hayrixoxligi, saltanat mafkurasi, g‘oyasi borasida olib borgan siyosati, uning saltanat boshqaruvi va diplomatik munosabatlariga, harbiy harakatlari va harbiy mahoratiga  alohida urg‘u berdilar. Shuningdek, tadbirda sohibqironning obodonchilik yo‘lida yaratgan bog‘lari, qurdirgan inshootlari, kanallari va ko‘priklari tilga olindi.
Tadbirda Akademik Milliy drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Muminov Amir Temur siymosini gavdalantirgan  saxna ko‘rinishlaridan parchalar namoyish etdi.
Shuningdek, tadbirga Oliy xarbiy bojxona instituti 3-bosqich tinglovchisi Mo‘minjon Mo‘minov, Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti 1-bosqich kursanti Ramizjon Abdulloev va 243-maktab 3-sinf o‘quvchisi Munavvar Erkinovalarning buyuk Soxibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan she’rlari o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. 
Tadbir doirasida Milliy kutubxonaning kino markazida Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan “Buyuk Amir Temur” va “Temur tuzuklari” xujjatli film namoyish etildi, “Tafakkur” o‘qish zalida esa “Adolat va qudrat timsoli” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma foydalanuvchilar hukmiga havola etildi. Ko‘rgazmadan Amur Temurning turli yillardagi yubileylariga bag‘ishlab chop etilgan, uning hayotiy yo‘lini, harbiy san’at usullari hamda davlatchilik qonunlariga aloqdor kitoblar, rasmlar va jurnallar o‘rin olgan.

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar