Foydali resurslar
5 iyul kuni “Jahon” xorijiy adabiyotlar o‘quv zalida O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga kitoblar hadya etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Djorj Krola, axborot, ma'daniyat, ta'lim masalalari bo‘yicha attashes Brayn Penn, elchixona axborot-resurs markazi direktori Doniyor Salixovlar qatnashdi. Milliy kutubxonaning xorijiy adabiyotlar fondini yanada boyitish maqsadida ilmiy - ommabop, ta'limiy, badiiy, bolalar adabiyoti, ko‘plab davriy nashrlar sovg‘a qilindi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinozalida 3 iyul kuni AQSH mustaqilligining 237 yilligi munosabati bilan «Xorijda ta'lim» mavzusida ingliz tilida baxs - munozara o‘tkazildi. Ushbu baxs - munozara talaba yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar AQSH ning eng yaxshi universitetlarga kirish haqida foydali ma'lumotlar oldilar, xorijda ta'lim olishning ijobiy hamda salbiy tomonlari haqida suhbat qurdilar hamda qiziqarli o‘yinlarni tashkil etib ingliz tilida o‘z lug‘at boyliklarini oshirish imkoyatiga ega bo‘ldilar.