Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi Mahkam Maxametov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


07.04.2015

 

2015 iyl 7 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, rejissyor Mahkam Maxametov bilan “O‘zbek milliy seriali. Ijodiy izlanishlar va muammolar” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Jo‘ra Mahmudov, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Erkin Usmonov, taniqli rejissyor Meli Mahkamov, operator Rafael Kamolov, Mahkam Maxametovning kasbdoshlari va shogirdlari ishtirok etdilar.
Ijodiy kecha tanikli rejissyor, moxir pedagog va murabbiy Mahkam Maxametov ijodiy yo‘li va faoliyatiga bag‘ishlangan “Mahkamboy” hujjatli film namoishi bilan boshlandi.
Ijodiy uchrashuvni taniqli jurnalist  Tursun Qoratoev olib bordi. 
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev yig‘ilganlarga iste’dodli rejissyor va mohir pedagog, Mahkam Maxametovning O‘zbekistonda televidenie sohasining rivojiga qo‘shgan xissasi haqida so‘zlab berdi.
Rejissyor Meli Mahkamov Mahkam Maxametovning insoniy xislatlari va O‘zbekistonda rejissura sohasini takomillashtirishda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida do‘st va hamkasb sifatida gapirdi. Shuningdek, Meli Maxkamov uning kinosan’atini, hususan, seriallar yaratishni targ‘ib etishdagi zaxmatlari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi va dedi: “Mahkam Maxametov o‘zbek seriallarini tasvirga tushirish barobarida tomoshabinlarga "Ko‘ngil ko‘chalari", "Silsila", Mehrobdan chayon» va boshqa ko‘p seriyali badiiy filmlari orqali katta zavq bag‘ishladi. Yosh rejissyorlar esa u bilan bo‘lgan suhbatlarda hamisha o‘zlariga foydali maslahatlarni oladilar”. 
Yozuvchi Erkin Usmonov Mahkama Maxametov ijodini o‘rganishning muhim jihatlarini ta’kidlab o‘tdi va “Men aminmanki, o‘zbek televideniesi tarixi bilan qiziqqan har bir inson albatta Mahkam Maxametovning o‘z hayotidagi voqeliklarga nisbatan berilgan sharhlari, o‘y-yu fikrlari va qarashlari jamlangan kitoblarini o‘qishi kerak. Zero uning shaxsiy kechinmalari, xulosalari va nuqtai nazari bayoni – bu televidenie tarixidir”.
Uning pedagogik maxorati haqida gapirar ekan jurnalist Tursun Qoratoev yig‘ilganlarga Mahkam Maxametovning tashabbusi bilan televidenieda tashkil etilgan yosh rejissyorlar studiyasi va unda umidli yoshlarning izlanishlari ma’lumot berdi. Shuningdek, u Mahkam Maxametovning ijodiy respublika televideniesi va teatrlarida amalga oshirgan ishlari, hususan, televizion spektakllari, tele- va videofilmlari, muhim turkum ko‘rsatuvlari, va teatr saxnalarida qo‘yilgan spektakllari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “Televidenie rejissyori” kafedrasi dotsenti, taniqli rejissyor Mahkam Maxametov bu kasbning tanlanishi sabablarini, o‘zining ustozlari, ba’zi filmlarining yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi va o‘zbek seriali muammolari ustida to‘xtalib o‘tdi. 
Samimiy suhbat ruhida o‘tgan ijodiy kechada ijodkorlarga turli mavzularda savollar berildi. Ijodiy kecha yig‘ilganlarda yaxshi xotiralar qoldirdi.

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar