Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida akademik Omonulla Fayzullaevning xotirasiga bag‘ishlangan kecha va ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


06.04.2015
 
2015 yil 6 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida falsafa fanlari doktori, akademik Omonulla Fayzullaevning 94 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi va ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-nazariy seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafiy tadqiqotlar o‘quv-ilmiy kompleksi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Imom Buxoriy Xalqaro markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti va O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, «Falsafa va fanlar metodologiyasi» mavzusiga bag‘ishlandi. 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati raisi, f.f.d., prof. Qiyom Nazarov va Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori, t.f.n., dots. Shovosil Ziyodov anjuman qatnashchilarini qutladilar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, falsafa fanlari doktori, professor Omonulla Fayzullaevning xotirasini yodga oldilar va uning O‘zbekistonda falsafa ilmining taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida qo‘shgan hissasi haqida so‘zladilar.
Xususan, f.f.d., prof. Qiyom Nazarov Omonulla Fayzullaevning XX asr o‘zbek  falsafasida qoldirgan izi, uning shogirdlar va yosh olimlarga bo‘lgan munosabatini,  jamiyat hayotiga nisbatan nuqtai nazari va olimning insoniy fazilatlari to‘g‘risida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. “Omonulla Fayzullaev o‘zbek olimlari orasida birinchi bo‘lib o‘z oilasi geniologik tarixini yozgan. Bu esa har bir insonning o‘z ajdodlarini tanishga, ularga munosib avlod bo‘lishga da’vat edi,”- dedi notiq.
Ilmiy-nazariy seminarda ma’ruzachilar Omonulla Fayzullaev ijodida ma’naviy meros va rivojlanish nazariyasi, uning tadqiqotlarida tabiat falsafasi masalalari hususida ma’ruzalar qildilar.
Samimiy suhbat tarzida o‘tgan mazkur anjuman tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar