Foydali resurslar
2015 yil 3 aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-bizning umumiy uyimiz” deb nomlangan hujjatli filmlar kechasida “O‘zbekkino” Milliy Agentligi buyurtmasiga ko‘ra Boris Babaev stsenariysi asosida tasvirga olingan «Agar, sen xak bo‘lsang» va «Fenomen uzbekskoy modeli» filmlari namoyish etildi. Filmlar rejissyorlari Doniyor Shokirov va Petr Roykas.

Hujjatli filьmlar taqdimoti kechasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev, Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili, ombusmen Sayera Rashidova, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi bosh maslaxatchisi Ikrom Soipov, filmlar stsenariysi muallifi taniqli jurnalist Boris Babaev va «Agar, sen xak bulsang» filmi rejissyori Doniyor Shakirovlar so‘zga chiqdilar.

Ombusmen Sayyora Rashidova film ijodkorlarini yutuq bilan muborakbod etar ekan uning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u berib o‘tdi va “Filmda Ombusmen instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi faoliyati yorqin namoyon etilgan va uning insonlar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani, ko‘plab arizalar o‘rganib chiqilib muammolar hal etilayotgani aniq dalillar bilan berilganligi filmning muvafaqiyatini ta’minlaydi”, - dedi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi bosh maslaxatchisi Ikrom Soipov filьmning fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish va O‘zbekistonda inson huquqlarini himoyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida hikoya qilib berdi.
”Agar, sen xak bulsang” filmi rejissyori Doniyor Shokirov filьmning yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi va uning tasvirga olish jarayonida hamkorlik qilgan Ombusmen instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi xodimlariga, uning taqdimotini tashkil etgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Uchrashuv so‘ngida “Agar, sen xak bo‘lsang” va “Fenomen uzbekskoy modeli” filьmlari namoish etildi. Filьmdan katta taassurot olgan tomoshabinlar filьm ijodkorlariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.