O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi -
Bo`limga qaytish
02.04.2015
2015 yil 2 aprel O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” zalida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. 1967 yildan buyon har yili Xalqaro bolalar kitoblari kengashi tashabbusi bilan Daniyalik mashhur ertakchi Gans Xristian Andersen tavallud topgan kun, 2 aprelь kuni Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bayram maqsadi – bolalarni kichik yoshdan mutolaaga o‘rgatish va bu bilan insonning ma’naviy va intellektual shakllanishida kitobning rolini bolalar kitoblari rolini targ‘ib etish.

Bolalar adabiyoti, ya’ni yozma shaklda bayon etilgan ertak va masallar XVII asr oxirida paydo bo‘lgan. XVIII asr bolalarga D. Defoning “Robinzona Kruzo” va Dj. Sviftning “Gulliver sayoxati” asarlarini hadya etdi. XIX asrda esa bolalar adabiyoti G.X. Andersen va aka-uka Grimmlar ertaklari bilan boyidi. N.Nosov, A.Barto, K.Chukovskiy, B.Zaxoder, E.Uspenskiy, G‘.G‘ulom, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, X.To‘xtaboev, A.Obidjon, T.Adashboevlar kabi XX asrning taniqli bolalar yozuvchilari va shoirlari asarlari hozir ham sevib o‘qilmoqda.

Ko‘rgazmada kutubxona fondida saqlanuvchi va kichik kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiluvchi kitoblar o‘rin olgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar hukmiga o‘zbek, rus va inliz tillaridagi “Obo vsyom na svete”, “Astronomiya va koinot”, “Dunyo mamlakatlari”, “Kashfiyot va ixtirolar”, “Vash akvarium” entsiklopedik kitoblari, “Zolotaya kniga skazok”, “Ertaklar”, “100 stixov i skazok” kabi turli xalq ertaklari to‘plamlari va bolalar sevimli yozuvchi va shoirlarining hikoya va she’rlari havola etilgan.