Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
12.07.2013 Abdulla Avloniy tavalludining 135 yilligi munosabati bilan tadbir o`tkazildi

Abdulla Avloniy o`zbek shoiri, ma`rifatparvar, dramaturg va taniqli jamoat arbobidir. 
XX asrning 30-yillari o`rtalarida bo`lgan o`zbek matbuoti va adabiyoti, shuningdek, ma'rifati va maorifini Abdulla Avloniysiz tasavvur etish mumkin emas. Turkistonda birinchilardan bo`lib maktabda geografiya, kimyo, handasa, fizika fanlari kiritilishiga tasir ko`rsatdi. Ta`limni hayot, turmush bilan bog`lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o`rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o`tishdagi imtihon topshirishni joriy etdi, ta`lim tizimining dunyoviy yo`nalishini kuchaytirishga alohida e`tibor berdi.   

10.07.2013 E'lon!

11 iyul kuni 16:00 da Ko‘rgazmalar  zalida ma'rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy tavalludining 135 yilligi munosabati bilan tadbir uyushtiriladi. Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar ishtirok etadilar. Barcha xohlovchilar ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkin.

10.07.2013 Barcha kitobxonlar diqqatiga!

11 iyul 15:00 da Milliy kutubxona kinomarkazida “Kitob kinofilmga qarshi” mavzuida ingliz tilida debat tashkil qilinadi. Ushbu debatda siz omma oldida ingliz tilida so‘zlashishni hamda  o‘z lug‘at boyligingizni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Barcha xohlovchilar ushbu debatda ishtirok etishlari mumkin. 
10.07.2013 « Koreya hamda o‘zbek madaniyati o‘rtasidagi o‘xshashlik» mavzusida koreys va o‘zbek tillarida davra suhbati o‘tkazildi

9 iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida, talaba yoshlar tashabbusi bilan koreys va o‘zbek tillarida «Koreya hamda o‘zbek ma'daniyati o‘rtasidagi o‘xshashlik» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida talabalar bugungi kun Koreya madaniyati, urf-odatlari, bayramlari haqida yangi va qiziqarli ma'lumotlarni bilib oldilar. Ular turli ma'lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda koreys tilida o‘z lug‘at boyliklarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga qiziqarli o‘yinlar tashkil etilib, g‘oliblarga Milliy kutubxona faoliyatiga bag‘ishlangan byulleten-kalendarlari esdalik uchun sovg‘a qilindi.  

08.07.2013 Hurmatli kitobhonlar!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinozalida  9 iyul kuni 16:00 da koreys va o‘zbek tillarida «Koreya hamda o‘zbek ma'daniyati o‘rtasidagi o‘xshashlik»  mavzuida davra suhbati tashkil qilinadi. Barcha xohlovchilar ushbu davra suxbatida ishtirok etishlari mumkin.   

06.07.2013 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.  

Oldin   136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 156 157 158    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar