Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Qadaminga hasanot Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda - Bo`limga qaytish


31.03.2015
 
Umumxalq bayrami Navro‘zga bag‘ishlangan “Qadaminga hasanot, Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmada Navro‘z milliy bayramining O‘zbekistonda nishonlanishining o‘ziga xosligi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va risolalar taqdim etilgan. Ko‘rgazmadan joy olgan rasmlarda tabiatning uyg‘onishi, bahorning kelishi, bayram tantanalari, xalq sayllari, bayram toamlari tayyorlanish jarayoni, xalq musobaqalari va bshq. muhrlangan.
“Navro‘znoma”, “Navro‘z”, “Navro‘z dasturxoni” kitoblari ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarga bayram tarixi, asl Navro‘z taomlari va Navro‘z bilan bog‘liq milliy udumlar va urf-odatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ko‘rgazmada shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va o‘zbek xalqining ijtimoiy taraqqiyoti, xalq bayramlarining ma’naviy ahamiyati va Navro‘z xikmatlari jamlangan “O‘zbek udumlari” va “Bayralarimiz” kitoblari ham alohida e’tiborga loyiq. Bu erda Abu Rayxon Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarning Navro‘zning o‘ziga xosliklari to‘g‘risidagi dono fikrlari bilan ham tanishish mumkin. 
“Qadaminga hasanot, Navro‘z” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmamizga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari undan mamnun bo‘ladilar va Navro‘z bayrami to‘g‘risida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida mavjud rasmlarga, tarixiy va entsiklopedik ma’lumotlarga boy o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi kitoblar bilan tanishadilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar