Foydali resurslar
O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kitob muzeyida buyuk sarkarda, davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur va uning avlodlariga bag‘ishlangan qadimiy kitoblar ekspozitsiyasi o‘rin egalladi.
Mazkur kollektsiyaga XVIII asr boshi va XX asr o‘rtalarida nashr etilgan adabiyotlar kiritildi. Amir Temurning jang san’ati, xarbiy yurishlari va g‘alabalari haqida hikoya qiluvchi bu ekspozitsiyada fors tilidan ingliz tiliga Uilyam Diveyn tomonidan tarjima qilingan, 1783 yilda toshbosma usulida chop etilgan “Temur tuzuklari”, L-M.Lyangle tomonidan Amir Temur hayoti haqida so‘zlovchi,1890 yilda chop etilgan “Temur hayoti”, Fransua Peti de lya Kroa tomonidan fors tilidan frantsuz tiliga o‘girilgan, 1723 yilda nashr etilgan Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” 4 jildlik asari va shu kabi kitoblar ham namoyish etilgan.
Shunigdek kitoblar ekspozitsiyasida E.G. Braun, U. Erskin, J. Leyden, A.S. Beverij, G.M. Elliot, J. Douson, Ed.D. Ross, K.R. Markem J. De-Gin, M. Ivanin, N. Likoshin, M. Sale, N.Ilminskiy, A. Samoylovichlar kabi mashhur sharqshunos-olimlar, xarbiy tarixchilar, geograflar va tilshunoslarning ilmiy, tarixiy va badiiy asarlari o‘rin olgan.
Ko‘rgazma joriy yilning 1 aprelidan 30 aprel kuniga qadar davom etadi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)