Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
19.07.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

15 - 19 iyulgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 44 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
44 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 8 ta, badiiy adabiyot - 5 ta, texnika - 10 ta, san'at - 3 ta, ta'lim va madaniyat - 13 ta, tabiiy fanlar - 5 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
 
17.07.2013 “Oila-mening qutlug` bog`im” mavzuida uchrashuv kechasi bo`lib o`tdi

Oila - bu muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini bеlgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi “Oila haqida” bo’lib, unda oila va jamiyat tushunchalari hamda davlatning ularga bo’lgan munosabati yoritiladi. Ushbu bobning 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va tеng huquqliligiga asoslanadi”, dеya izohlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, jamiyatni oila tashkil qiladi. Oila va jamiyat birdamlikda bir-birini to’ldiradi.  

17.07.2013 E'lon!

17 iyul kuni 15:00 da Ko‘rgazmalar zalida  Ijodkorlar klubining «Oila - mening qutlug‘ bog‘im» mavzuidagi yig‘ilishi uyushtiriladi. Barcha xohlovchilar ushbu yig‘ilishda ishtirok etishlari mumkin. 

15.07.2013 Hurmatli kitobhonlar!

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinozalida  16 iyul kuni 16:00 da koreys va o‘zbek tillarida «Koreya milliy taomlari» mavzuida davra suhbati tashkil qilinadi. Barcha xohlovchilar ushbu davra suhbatida ishtirok etishlari mumkin.   

15.07.2013 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.  
12.07.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

8 - 12 iyulgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 305 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
305 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 81 ta, tibbiyot - 9 ta, badiiy adabiyot - 109 ta, qishloq xo‘jaligi - 3 ta, san'at - 6 ta, ta'lim va madaniyat - 44 ta, tabiiy fanlar - 10 ta,  ma'lumot axborot - 2 ta, adabiyotshunoslik - 30 ta, tilshunoslik - 6 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 

Oldin   135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153 154 155 156 157    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar