Foydali resurslar
23-27 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 309 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 134 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 57 ta, tibbiyot - 4 ta, ta'lim va madaniyat - 11 ta, badiiy adabiyotlar - 21 ta, texnika - 7 ta, san'at - 12 ta, adabiyotshunoslik - 3 ta, tabiiy fanlar - 14 ta, q.x. - 1 ta, tilshunoslik - 2 ta, ma'lumot-axborot adabiyotlari - 2 ta), 175 ta avtoreferatlar (siyosat - 48 ta, tibbiyot - 33 ta, texnika - 17 ta, tabiiy fanlar - 12 ta, ta'lim va madaniyat - 13 ta, q.x. - 11 ta, falsafa - 4 ta, tilshunoslik - 9 ta, adabiyotshunoslik - 12 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Kelib tushgan bosma nashrlarni 9 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.
Joriy yilda 717 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 544250 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 23 - 27 mart holatiga ko‘ra 132 nusxa gazeta, 10 jurnallardan, jami 766 bibliografik yozuv kiritildi. 300 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 75 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 64 ta va bolalar adabiyoti uchun 11 ta) berildi. 28 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta shartnoma tuzildi. 1 jurnal raqami tasdiqlandi.