Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro teatr kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


27.03.2015


2015 yil 27 mart kuni “Ijod” o‘qish zalida 1961 yildan buyon har yili 27 mart kuni nishonlanib kelayotgan teatr sohasi vakillarining xalqaro kasb bayrami - Xalqaro teatr kuni munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
“Teatr –hayot demak...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazmada milliy va jahon teatr san’ati, uning fidoiy namoyondalari va bu soha sir-asrorlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, rasmlar, gazeta va jurnallar o‘rin olgan.
1961 yilda YuNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti IX kongressida ta’sis etilgan mazkur bayram yagona “Teatr xalqlar hamjihatligi va do‘stligini mustaxkamlash vositasi sifatida” shiori ostida nishonlanadi. Bu – hayotini teatr bilan chambarchas bog‘lagan barcha fidoiy insonlar: aktyorlar, rejissyorlar, chiroq va tovush ustalari, sahna bezagi ustalari, hatto, bilet sotuvchilar va garderobchilar bayramidir, zero, “Teatr ilgakdan boshlanadi”.

Kitob-rasmli ko‘rgazmadan joy olgan “O‘zbekiston teatrlari”, “Milliy teatrimiz namoyondalari”, “Istiqlol va Milliy teatr”, “Mastera uzbekskoy opernoy ssenы”, “O‘zbekiston Katta teatri” kabi kitoblar o‘zbek milliy teatr san’ati to‘g‘risida hikoya qilsa, “Istoriya zapadnoyevropeyskogo teatra”, “Yaponskiy teatr”, “Polveka yevreyskogo teatra”, “Predstaviteli mirovogo teatra” kitoblari bu yerga tashrif buyurganlarni jahon teatrining o‘ziga xosliklari, yoshlar tarbiyasida teatr san’atining o‘rni va ahamiyati, katta kasbiy tajribaga ega bo‘lgan fidoyi insonlar bilan tanishtiradi. Kitoblardan tashqari ko‘rgazmada O‘zbekistonda chop etiladigan “Teatr” jurnalining ba’zi sonlari namoyish etilmoqda.
Mazkur kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari mashhur teatr saxnasi parda ortiga nazar tashlab, saxna bezaklari texnikasi, teatr butaforiya va rekvizitlari san’ati, shuningdek teatr estetikasi me’yorlari haqida ko‘p qiziqarli ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar