Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kutubxonasiga ajratilgan multimedia vositalari, adabiyotlar va davriy nashrlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


25.03.2015


2015 yil 24 mart kuni Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurtida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshidagi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘ga xarid etilgan kompyuter vositalari, bosma va elektoron adabiyotlarni Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kutubxonasiga topshirilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son qarori amalga oshirilishini hamda Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Shu kunga qadar Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan respublika axborot-kutubxona muassasalarining moddiy texnika bazasini mustaxkamlash, ularni kompyuter vositalari, bosma va elektoron adabiyotlar bilan ta’minlash borasida qator tadbirlar amalga oshirildi. Navbatdagi jamg‘arma mablag‘lariga xarid etilgan kompyuter vositalari, bosma va elektoron adabiyotlar Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kutubxonasiga topshirildi.

Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti kutubxonasi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobidan 20 dona shaxsiy kompyuter, 1ta multimedia-proyektori, 1ta proyeksion ekran, hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida 100 nomdagi bosma va davriy nashrlar va 8 ming nomdagi elektron adabiyetlar jamlanmasi bilan boyitildi.
Tadbir so‘ngida Toshkent Oliy umumqo‘shin ko‘mondonlik bilim yurti o‘kituvchilari va kursantlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar va bundan buyon o‘zlarini kiziktirgan malumotlar uchun kutubxonaga tez-tez kelib turishlarini izhor etdilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar