Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Nikolay Baskakov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda - Bo`limga qaytish


22.03.2015


2015 yil 22 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Istiqlol” uquv zalida Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, rus turkshunos olimi, folklorshunos, etnograf, filologiya fanlari doktori, professor, O‘rol-oltoy tilshunosligi sohasi mutaxassisi, mashhur turkiy tillar klassifikatsiyasi muallifi Nikolay Aleksandrovich Baskakov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Nikolay Baskakov adabiyotlarining ochiq ko‘rgazmasida turkiy: qoraqalpoq, no‘g‘oy, oltoy va bshq. tillar tarixi, o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan turkiy tillarning leksik, grammatik, morfologik jihatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlari o‘rin olgan. Shuningdek, bu yerda uyg‘ur, oltoy, chuvash, tatar, turk va bshq. tillarning rus-milliy va milliy-rus leksik, etimologik lug‘atlari joy olgan.
Nikolay Baskakov 1905 yilda Vologda guberniyasida (hozirgi Arxangelsk o‘lkasi) dunyoga kelgan. Sharqqa qiziqish Usmoniylar saltanatida elchi vazifasida xizmat qilgan otasining do‘sti bilan uchrashuvdan so‘ng paydo bo‘lgan. Moskva Davlat universitetining tarixiy-etnologik fakultetini tamomlagach O‘rta Osiyoga uyushtirilgan ko‘plab ekskursiyalarda ishtirok etgan. Baskakov turkiy xalqlar tillari tarixi va etnografiyasiga doir boy materiallar to‘pladi va ular asosida ko‘plab monografiyalar yozdi.
O‘z ilmiy izlanishlarida sharq-slovyan tillarida turkiy o‘zlashmalarni, turkiy tillar, oltoy tillar oilasi tuzilishining tarixiy-tipologik xarakteristikasini, no‘g‘oytili va uning lahjalarini tadqiq qildi, turkiy tillar grammatikasi, so‘zning va gap bo‘laklarining morfologik tuzilishini tahlil qildi, turkiy tillar lug‘atlarini yaratdi.
Mazkur ko‘rgazmadan joy olgan turkiy so‘zlardan xosil bo‘lgan 300 rus familiyalari tahlil qilingan «Russkiye familii tyurkskogo proisxojdeniya», turkiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar ishtirok etgan «Tyurkskaya leksika v «Slove o polku Igoreve» kitoblari va O‘rta Osiyo ekspeditsiyalari davomida yozilgan she’rlar va hikoyalar to‘plami foydalanuvchilar e’tiborini tortishi shubhasiz.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar