Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida UNESCO loyihasi bo‘yicha seminar o‘z ishini yakunladi - Bo`limga qaytish


20.03.2015

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida UNESCOning “Ochiq ta'lim manbalarini rivojlantirish va kutubxonalarda hujjatli merosni saqlash” nomli grant loyihasi doirasida “O‘zbekistonda hujjatli merosni saqlanishi va ochiqligi” mavzusida 16-20 mart kunlari axborot-kutubxona muassasalari, axborot-resurs markazlari, tegishli muzey va arxiv nodir fondlari bilan ishlovchi mutaxassis va xodimlari uchun o‘tkazilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati rahbari N.Zoitova seminar qatnashchilarini yangi me'yoriy hujjatlar, hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish, nodir va alohida qimmatga ega nashrlardan foydalanish qoidalari bilan bilan tanishtirdi. Restavratsiya sohasi yetakchi mutaxassisi M.Salimov esa nodir nashrlar restavratsiyasida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlarning restavratsiya jarayoni, nodir kitoblarga yetkazilgan shikastlarni ainqlab, bartaraf etish yo‘llari, maxsus yelimlar tayyorlash va yana shu sohaning nozik jihatlari bilan tanishtirib o‘tdi.

Seminar qatnashchilari amaliy mashg‘ulotlarda o‘z sohaliriga oid olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Bunda ular restavratsiya, kitoblarni muqovalash, kitoblarga tagliklar va maxsus qutilar yasash sirlarini o‘rgandilar. Shuningdek, ular kitoblarning saqlanish pasportlarini, elektron parsportlarini shakllantirishni o‘rgandilar va ma'lumotlar bazasini yaratdilar.
Seminar-trening yakunida qatnashchilar sohaga doir metodik qo‘llanmalar, elektron ko‘rinishdagi RR-taqdimotlar va me'yoriy hujjatlar jamlanmasini oldilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar