Foydali resurslar
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Istiqlolning ushbu navbatdagi bahori ham o‘zining yashil qanotlarida bayramlarga boy elimizga Navro‘zi olamni-Yangi kunni, Yangi yilni, Yaxshi kunni va albatta Yaxshi umidlarni olib kelmokda. Navruz ayyomi barchamizning qalbimizga ezgulik, yaxshilik, muruvvat va mehr urug‘larini sochmoqda.
Yangilanish va yasharish bayrami xonadoningizga tinchlik-osoishtalik, ziroatchiligingizga qut-baraka, mehnat faoliyatingizga barkamollik olib kelsin.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Sizni yasharish va yangilanish, go‘zallik va nafosat bayrami bo‘lmish NAVRO‘ZI OLAM bilan samimiy muborakbod etadi. NAVRO‘ZI OLAM Sizga, oila a’zolaringizga va jamoangizga osuda hayot, xush kayfiyat, sihat-salomatlik, tinchlik va omonlik keltirishini tilab qoladi!
NAVRO‘Z AYYoMI kirib borgan har bir xonadonning dasturxoni to‘kin, oilalar mustahkam, insonlarning baxtu saodati ziyoda bo‘lsin!
