Foydali resurslar
Ekspozitsiyadan o‘zbek, rus, nemis, ingliz, fransuz sharqshunos tarixchi san’anshunos etnograf va sayoxatchi olimlarning ilmiy izlanishlari va tadqiqotlariga doir kitoblar o‘rin olgan. U Shark rassomchilik, arxitektura haykaltaroshlik, amaliy va boshka sanat turlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosan kitoblar va albomlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Muzeyga tashrif buyurganlar miniatyurachi-rassomlar asarlari va ularga berilgan sharxlar bilan ham tanishadilar.

Qiziqarli kitoblar va rang-barang rasmlar foydalanuvchilarga xalq hunarmandchilik an’analari tarixi, sharq naqshlari usullarining badiiy o‘ziga xosligi, qo‘shni mintaqalarning rassomlik san’atiga o‘zaro ta’siri haqida hikoya qiladilar. Shuningdek, muzeyda Sharq gilamdo‘zlik maktabi va turli mamlakatlar milliy koloriti, namunalari va motivlarini qiyosiy tadqiq etilgan izlanishlar joy olgan.

Muzeyda Toshkent ganchkorlik maktabi, Xindiston xaykaltaroshlik maktabi, Yaponiya rassomchilik maktabi, Eron, Turkiya va Xiva gilamduzlik maktabi hakidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanuvchi kitoblar va albomlar taqdim etilgan. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan manbalar XIX asr boshi va XX asr o‘rtasi nashr sanasi bilan qayd etilgan. Eng qadimgi kitob esa 1821 yilda Fransiyada chon etilgan kitobdir.
Muzey ko‘plab tashrif buyuruvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi, shuningdek uning faoliyati OAV da faol yoritildi. Mazkur ekspozitsiya 2015 yil 31 mart kuniga qadar davom etadi.