Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


17.03.2015


2015 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Prezidentimiz Islom Karimovning 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan ZiyoNet jamoat axborot ta’lim tarmog‘ining bugungi kundagi faoliyati” mavzusida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari bilan bo‘lib o‘tgan galdagi davra suhbatini O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi Vazirligi qoshidagi ZiyoNet bo‘limi rahbari Gulchehra Ibragimova va Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bosh mutaxissisi Oybek Musurmonqulovlar olib bordilar.

“ZiyoNet jamoat axborot ta’lim tarmog‘ining bugungi kundagi faoliyati” to‘g‘risidagi suhbatda Gulchehra Ibragimova talabalarga mazkur axborot ta’lim tarmog‘ining shakillanish tafsilotlari va o‘tgan 10 yil mobaynida amalga oshgan ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Shuningdek, G.Ibragimova portalning yangi ko‘rinishi va uning resurslari, sifati va kafolatlari bilan tanishtirdi.

“Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining ijobiy va salbiy oqibatlari” mavzusidagi suhbatida Oybek Musurmonqulov talabalarga vaximali, ekstremistik va geopolitik xarakterga ega bo‘lgan axborot tahdidlari to‘g‘risida axborot berdi va internet tarmog‘ida tarqatilib, yoshlarning ongiga ta’sir qilish orqali ularni boshqarishni maqsad qilib olgan axborot xuruji, ommaviy madaniyat va media-viruslar haqida gapirib berdi.
Seminar ishtirokchilari “Axborot asrida yoshlar” va “Axborot urushi va “Fleshmob” vositasida mafkuraviy tahdid” mavzularidagi RR-taqdimotlardan va “Internet to‘g‘risida fikrlar” videolavhasi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirish imkoniga ega bo‘lganliklaridan mamnun bo‘ldilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar