Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


16.03.2015


9–13 martgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 423 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 157 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat - 92 ta, tibbiyot – 7 ta, ta’lim va madaniyat – 17 ta, badiiy adabiyotlar – 1 ta, texnika – 4 ta, san’at – 9 ta, adabiyotshunoslik – 12 ta, tabiiy fanlar – 9 ta, q.x. - 6 ta), 266 ta avtoreferatlar (siyosat - 105 ta, tibbiyot - 40 ta, texnika - 40 ta, tabiiy fanlar – 29 ta, ta’lim va madaniyat - 13 ta, q.x. - 23 ta, sport – 4 ta, psixologiya – 3 ta, tilshunoslik - 9 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

Kelib tushgan bosma nashrlarni 54 tasi kitobxonlar foydalanish darajasini samarali tashkil etish maqsadida qog‘oz ko‘rinishidan elektron to‘liq matn ko‘rinishiga o‘tkazildi.

Joriy yilda 623 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.

Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 542300 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 9 – 13 mart holatiga ko‘ra 62 nusxa gazeta, 13 jurnallardan, jami 480 bibliografik yozuv kiritildi. 250 bibliografik yozuv tahrir qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 61 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 34 ta va bolalar adabiyoti uchun 27 ta) berildi. 19 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta ISSN raqam berildi. 2 ta shartnoma tuzildi. 2 jurnallar raqami tasdiqlandi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar