Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


11.03.2015


2015 yil 10 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Dunyoda yadroviy texnologiyalar va ommaviy qirg‘in qurollariga egalik qilish, siyosiy va diniy radikalizm, ekstremizm, qurol va odam savdosi, terrorizm, og‘ufurushlik, etnik hamda millatlararo ziddiyatlarning avj olishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” mavzusida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti talabalari uchun o‘tkazilgan galdagi tadbirni mazkur universitet “YuNESKO” kafedrasi o‘qituvchisi Ernazarov Odiljon va VM xuzuridagi Din ishlari buyicha ko‘mita xodimi Aliyev Jamshidlar olib bordilar.

Ernazarov Odiljon o‘z “Diniy ekstremizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” deb nomlangan ma’ruzasida yoshlarga Yakin Sharkda, Iroq va Suriya mamlakatlarida bo‘layotgan qonli to‘knashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o‘rtasida kuchayib borayotgan o‘zaro nizo va ziddiyatlar, begunox odamlarning shu radikal ekstremistik harakatlar qurboni bo‘layotgani haqida so‘zlab berdi. Shuningdek u bo‘lib o‘tayotgan voqealarni ob’ektiv baholay olmaydigan yoshlar ongiga an’anaviy diniy kadriyatlar niqobi ostida diniy-ekstremistik, soxta aqidaviy g‘oyalarni, murosasizlik va zo‘rlikni targ‘ib etuvchi OAVning salbiy ta’siri haqida gapirdi.

Talabalarga dunyoda yadroviy texnologiyalar va ommaviy qirg‘in qurollariga egalik qilish, siyosiy va diniy radikalizm, ekstremizm, qurol va odam savdosi, terrorizm, og‘ufurushlik, etnik hamda millatlararo ziddiyatlarning avj olishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni haqida so‘zlab berar ekan Aliyev Jamshid ularni axborot olamida ogohlikka, o‘z uyali aloqa vositalaridan ratsional foydalanishga, faqat tavsiya etilgan foto va video materiallardan foydalanishga va diniy-ekstremistik xarakterga ega turli jo‘natmalar ta’siriga berilmaslikka da’vat etdi.
Toshkent islom universiteti talabalari hozirgi kunda avj olgan «islamofobiya», «hijrat» va «IShIT» kabi tushunchalar tasnifi bilan misollar yordamida tanishdilar va o‘z savollariga olingan batafsil javoblardan mamnun bo‘ldilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar