Foydali resurslar
“Saylovchi kutubxonasi” turkumidan G.R.Malikova tomonidan tuzilgan mazkur risola “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyida 2015 yilda 32 bet hajmda chop etilgan. Risolada Prezident saylovlari, passiv saylov huquqi, saylov senzlari, saylov huquqi tamoyillari, ovoz berish tamoyillari, saylov uchastkalari, saylov komissiyalari faoliyati, saylovoldi tashviqotini o‘tkazish kabi bir qancha tushunchalarga izohlar berib o‘tilgan.
Saylovchilar bu risolada: Saylov senzlari deganda nima tushuniladi? Saylovchilar ro‘yxati qanday tuziladi? Prezidentlikka nomzodlarni ilgari surish qanday amalga oshiriladi? Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni nomzodlik maqomidan mahrum qilish mumkinmi? Saylovoldi tashviqoti deganda nima tushuniladi? Takroriy ovoz berish deganda nima tushuniladi? Kuzatuvchilar kimlar? kabi o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob topishadi. Risola o‘zbek va rus tillarida tuzilgan.
Risola O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov qonunchiligi masalalari bilan qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, shu sohaga dahldor dolzarb savollarga keng qamrovli javoblar majmuasidan iborat.
