Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Viktor Vasilevich Reshetov tavalludining 105 yilligiga adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi - Bo`limga qaytish


10.03.2015


2015 yil 10 mart kunidan boshlab O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Kashfiyot» o‘qish zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, turkiyshunos-tilshunos, turkumshunos olim, ko‘plab rus-o‘zbek va o‘zbek-rus lug‘atlari muallifi, f.f.d. akademik Viktor Vasilevich Reshetov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmadan V.V.Reshetov tomonidan yozilgan kitoblar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘zbek tili dialektologiyasi va rus tili grammatikasiga doir darsliklar va bshq. o‘rin olgan.
F.f.n. akademik V.V.Reshetov O‘ODU sharq fakultetining turkiy adabiy-lingvistika bo‘limini tamomlagach bir xil lingvistik ko‘rsatkichli o‘zbek shevalari va dialektlarining fonetik va leksik-grammatik xususiyatlari bilan shug‘ullandi.
V.V.Reshetov uzoq yillar mobaynida O‘ODUning o‘zbek va rus tillari fakultetlarida dars berdi, ilmiy kotib, lingvistika bshlimi mudiri, O‘zbekiston FA qoshidagi A.S.Pushkin nomli til va adabiyt instituti direktori, «Russkiy yazыk v natsionalnыx shkolax» jurnali muharriri bo‘lib ishladi, Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti asoschilaridan biri va uning birinchi rektori xisoblanadi. Uning «O‘zbek Marg‘ilon shevasi» va «Toshkent viloyatiga xos Qurama shevasi» mavzularidagi ilmiy ishlari turkiy shevalar va o‘zbek lahjalarini qiyosiy o‘rganish muammolariga bag‘ishlangan.
Qo‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar o‘zbek adabiy tili tayanch shevasi va o‘zbek lahjalari tasnifi bilan yaqindan tanishib, ko‘p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar