Foydali resurslar
“O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan 2015 yilda 64 bet hajmda chop etilgan risola M.E.Abdusalomov rahbarligi ostidagi tahrir hayyati tomonidan tuzilgan bo‘lib O‘zbekiston fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonunchiligining asosiy hujjatlari bilan tanishtiradi.
Mazkur risolada “xalqaro saylov standartlari” tushunchasi, mohiyati, turlari va manbalari, ularning milliy saylov qonunchiligiga implementatsiya qilinishi kabi masalalar yoritilgan.
Saylov standartlari to‘g‘risidagi bo‘limda universal va mintaqaviy saylovlar to‘g‘risida, O‘zbekistonda xalqaro saylov standartlariga mos saylov tizimining rivojlanishi va uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari to‘g‘risida so‘z boradi.
Risolada O‘zbekistonda xalqaro-huquq me’yorlarining amalda bajarilishi va O‘zR Prezidenti saylovi qonunchiligining asosiy tamoillarini xarakterlovchi dolzarb huquqiy materiallar alohida o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan tayyorlangan ushbu risola saylov huquqini o‘rganayotgan mutaxassislar, olimlar, o‘qituvchilar, talabalar va magistrantlar hamda saylov qonunchiligi masalalari bilan qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
