Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Prezidenti saylovi: milliy va xorijiy tajriba” risolasi bilan to‘ldirildi - Bo`limga qaytish


09.03.2015


“O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijod uyi tomonidan 2015 yilda 40 bet hajmda chop etilgan risola M.A.Rahimova tomonidan tuzilgan bo‘lib, unda prezident saylovlarini tashkil etish, o‘tkazish va ularning huquqiy ta’minoti to‘g‘risida milliy va xorijiy tajribasi tayangan holda ma’lumot beriladi.
Risolada prezident instituti, prezidentlik boshqaruv tizimlari, turli mamlakatlar prezidentlarining fuqarolik va siyosiy huquqlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Risolaning prezidentlar konstitutsiyaviy maqomi va siyosiy tizimdagi o‘rniga bag‘ishlangan bo‘limida o‘z vakolati muddati mobaynida prezidentlar bajarishi mumkin bo‘lgan bir qator ijtimoiy-muhim, ma’naviy-siyosiy va fuqarolik majburiyatlari belgilangan. Bu bo‘limning qiziqarli jihati shundaki, unda O‘zbekiston, Italiya, Fransiya, AQSh va Germaniya prezidentlarining qasamyodlari matni tahlil etilgan.
Shuningdek, risolada turli mamlakatlardagi prezidentlik, yarimprezidentlik va parlament respublikalarida prezident vakolatlari kabi boshqaruv tizimlari, prezidentlikka saylovlar jarayoni, bu boradagi Konstitutsiyalardagi tuzatishlar, prezidentlarning siyosiy partiyalar bilan o‘zaro munosabati qiyoslanadi.
Soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan mazkur risolada glossariyning mavjudligi milliy va xorijiy saylov tizimida foydalaniladigan atamalarni to‘laqonli tushunish imkonini beradi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar