Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Lola va DJ Pilligrim ijrosida IMAGINE qo‘shig‘ining taqdimoti bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


02.03.2015

2015 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida YUNISEF vakolatxonasi tomonidan xonanda Lola va DJ Pilligrim ijrosida Jon Lennonning afsonaviy IMAGINE qo‘shig‘ining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  Mazkur aksiya 2014 yilda dunyoda keng nishonlangan bola huquqlari Konvensiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlandi. IMAGINE qo‘shig‘i dunyo bolalari huquqlarini qo‘llab-quvvatlash madhiyasiga aylandi. 
Tadbirda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Robert Fuderich, BMTning milliy va xalqaro sheriklari, BMT ko‘ngillilari, OAV xodimlari va Milliy kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari  Robert Fuderich tadbir ishtirokchilarini qutladi, mazkur qo‘shiqning mohiyati, dunyoda tinchlikni ta'minlashda uning ahamiyati to‘g‘risida gapirdi. “IMAGINE kampaniyasi hech bir bola e'tibordan chetda qolmasligiga qaratilgan, -dedi Robert Fuderich, Mazkur aksiya orqali YUNISEF millionlab insonlarga murojaat qilib bolalar, xususan muammoli xududlarda yashayotgan bolalarga qaratishga harakat qilmoqda”.
Xonanda Lola Yuldasheva esa IMAGINE klipini suratga olish jarayoni to‘g‘risida so‘zlab berdi va klipni suratga olishda ishtirok etgan klipmeyker Timur Primkulov, “Sato” guruhi musiqachilariga, “Tomosha” bolalar musiqa dastasiga, liboslar dizayneri Hilola Sherga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. “Men bugun shu yerda sof va beg‘ubor loyihani taqdim qilib turganimdan fahrlanaman. Barcha bolajonlarga sog‘lik, tinchlik, ezguliklar tilayman,” -dedi xonanda va kattalarni mumkin qadar bolalarga yaxshilik ulashishga da'vat etdi.

Hozirgi kunda flesh-mob usulida ijro etilayotgan IMAGINE qo‘shig‘i dunyodagi barcha musiqachi, kino yulduzlarini birlashtirdi. O‘zbekistonda bu to‘lqinni xonandalar Lola va DJ Piligrimlar davom ettirmoqdalar. IMAGINE qo‘shig‘ida Djon Lennon dunyoning qanday bo‘lishi kerakligini kuylab, o‘z fikrlarini bayon etgan. 
Milliy uslubda taqdim etilgan klip tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, tomoshabinlar va OAV xodimlari klip ijodkorlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar va ularga batafsil javoblar oldilar.
Taqdimot so‘ngida IMAGINE kampaniyasini tashkil etishda yaqindan ko‘mak bergan BMT ko‘ngillilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar