Foydali resurslar
23–27 fevralgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 263 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shulardan 250 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat – 125 ta, san’at – 7 ta, maorif va madaniyat – 44 ta, adabiyotshunoslik – 2 ta, tilshunoslik – 9 ta, qishloq xo‘jaligi – 5 ta, texnika – 19 ta, badiiy adabiyot – 16 ta, tibbiyot – 4 ta, tabiiy fanlar – 11 ta, sport – 2 ta, dinshunoslik – 2 ta), 10 ta SDlar ( san’at - 1 ta, maorif va madaniyat – 9 ta) va 3 ta dissertatsiya (qishloq xo‘jaligi – 3 ta)ga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
47 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 540700 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 23 – 27 fevral holatiga ko‘ra 22 nusxa gazeta, 10 jurnallardan, jami 259 bibliografik yozuv kiritildi. 100 bibliografik yozuv tahrir qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 88 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 76 ta va bolalar adabiyoti uchun 12 ta) berildi. 21 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.
Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berishda 1 ta ISSN raqam berildi.