Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “Zulfiya she’riyati” she’rlar to‘plami bilan boyitildi - Bo`limga qaytish


28.02.2015

“Zulfiya she’riyati” she’rlar to‘plami shoira Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Koreysshunoslik markazi tomonidan “Istiqlol” nashriyotida 2015 yilda 80 bet hajmda chop etilgan. 

To‘plamni tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi mazkur institut dotsenti f.f.n. U.Saydazimova, tarjimonlar X.N.Kim va N. Berdiqobilovlar. To‘plam boshida tuzuvchi tomonidan so‘zboshi berilgan, tarjimon Xyon Nyon Kim esa o‘zbek tili va Zulfiya she’riyatiga o‘z dil izhorlarini bildirgan. 

She’riy to‘plamda shoira Zulfiyaxonimning bahoriy kayfiyat, Vatanga muhabbat va yorga sadoqat bilan yo‘g‘rilgan 22 ta she’ri o‘zbek va koreys tillarida berilgan. To‘plamda o‘zbek tilidagi she’rlar lotin grafikasida berilgan. Koreys tiliga bevosita o‘girilgan she’rlar tarjima nazariyasi va amaliyot fani uchun tengsiz manbadir.

Mazkur she’riy to‘plam koreys va o‘zbek tillarini o‘rganuvchilar va o‘zbek shoirasi Zulfiya ijodi bilan qiziqqanlar uchun mo‘ljallangan.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar