Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
26.08.2013 YUNESKO bosh direktorining O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi

2013 yilning 25 avgust kunida YUNESKO bosh direktori Irina Bokova Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delagatsiya a'zolariga Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil etildi va kutubxonaning kundalik hayotiga tatbiq etilgan zamonaviy axborot- kutubxona texnologiyalari bilan tanishtirildi. 
Kutubxonaning birinchi qavatida Irina Bokova kitob muzeyi va undagi ko'plab eksponatlar qatorida 1058 yilda Bog'dodda yozilgan Abu Xasan al-Movardiyning «Al-Ahkom as-sultoniya va-l-valoyot ad-diniya» qo'lyozma asari bilan tanishdi.

26.08.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

19 - 23 avgustgacha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 74 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
74 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 8 nusxa, badiiy adabiyot  - 10 nusxa, ta'lim va madaniyat  - 41 ta, tabiiy fanlar - 6 ta, adabiyotshunoslik - 9 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.  
Shu kungacha Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarning 1874 tasiga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) indeksi va bibliografik tavsifi berildi. 

24.08.2013 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.    

23.08.2013 Milliy kutubxona vakillari IFLA konferensiyasida

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor  o‘rinbosari  Alisher Ishmatov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Aliya Japarovalar IFLA (International Federation of Library Associations and Institutions)ning 79- kongressida qatnashdilar. Ushbu kongress 2013 yil 17-23 avgust kunlari Singapur shahrida bo‘lib o‘tdi.

22.08.2013 22 avgust kuni Milliy kutubxonada kompyuter savodxonligi bo`yicha sertifikatlar berish marosimi bo`lib o`tdi.

1 avgustdan 21 avgustgacha Milliy kutubxonaning o`quv markazida  O`zbekiston nogiron tadbirkor ayollar jamiyati tomonidan 8 ta qatnashchilar bilan  kompyuter savodxonligi bo`yicha o`quv darslari bo`lib o`tdi. Ushbu maxsus o`quv kursi BE PRO programmistlar markazining mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi va o`tkazildi. 

19.08.2013 Milliy kutubxonada «CivaTech Oncology» kompaniyasining bosh ilmiy xodimi S. Xoyedlning prezentatsiyalari bo‘lib o‘tdi.

19 avgust kuni Jahon o‘quv zalida «CivaTech Oncology» kompaniyasi bosh ilmiy xodimi S. Xoyedlning «Texnologiyalar kommersializatsiyasi», «Texnologik parklar yaratish» va «Innovatsion siyosat» nomli prezentatsiyalari o‘tkazildi. Tadbirda Toshkentdagi AQSH elchixonasining vakillari, iqtisodiy masalalar attashesi hamda ilmiy masalalar bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida janob Xoyedl foydalanuvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi. Tadbirdan so‘ng janob Xoyedl kutubxona bo‘ylab sayoxati davomida kutubxona tarixi, uning hozirgi kundagi faoliyati, talaba-yoshlarga yaratilgan barcha qulayliklarni va kutubxonaning yangi kommunikatsion texnologiyalarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


Oldin   131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150 151 152 153    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar