Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoira Zulfiya tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Mushoira etadi davom...” nomli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


27.02.2015


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Tafakkur” o‘qish zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Mushoira etadi davom...” nomli kitob – rasmli ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada havola etilgan kitoblar soni ham mushoira mavzusini davom ettirgandek, go‘yo. Chunki bu yerda Zulfiyaning ilk nashrlari bilan bir qatorda yangi, uning barcha asarlari jamlanmasini tashkil etuvchi shu kunlarda chop etilgan saylanmalari ham o‘rin olgan.

Ko‘rgazmada Zulfiyaxonimning turli yillarda nashr etilgan kitoblari qatorida 40-yillarda chop etilgan she’riy to‘plamlari foydalanuvchilar e’tiborini tortadi. Shuningdek, mazkur ko‘rgazmada foydalanuvchilar e’tiboriga shoira Zulfiyaning hayoti va ijodi o‘rganilgan kitoblar ham taqdim etilgan. Bular – Zulfiyaning zamondoshlari va shogirdlari tomonidan yozilgan uning asarlari talqini, uning adabiy tili, she’riyati g‘oyasi va jozibasi o‘rganilgan ilmiy maqolalardir.
Ko‘rgazmada sadoqat va vafo kuychisi Zulfiyaning rus, qozoq, ukrain, polyak va boshqa tillarga tarjima qilingan she’riy to‘plamlari ham munosib o‘rin egallagan.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar