Foydali resurslar
2015 yil 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan davra suhbati oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi muassaasalari talaba-o‘quvchilari orasida “O‘rgimchak to‘ri” rukni ostida ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar dunyoqarashining shakllanishida ijobiy va salbiy ta’siri mavzusiga bag‘ishlandi.
Mazkur tadbir ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi muassaasalari o‘quvchilari va OO‘Yu talabalari uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalari bilan davra suhbatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Komilov va mazkur universitet “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professori t.f.n. Dilorom Bobojanovalar olib bordilar.
Yeshlarning g‘araz, qo‘poruvchilik va ahloksiz goyalar bilan "zaharlanishi" muammolarini muhokama qilar ekan Muzaffar Komilov aksari Internet tarmog‘idan foydalanish uquvi bo‘lmagan yoshlarning turli g‘araz niyatli, noqonuniy jinoiy guruxlarga azo bo‘lib qolayotganliklarining sababini aytib o‘tdi. Notiq tinglovchilarni Internet tarmog‘i orqali kelib tushayetgan barcha notanish manbalardan ma’lumotni tahlil qilib, aylanma malumotni anglash, aldov va ta’ziqlarga yo‘l qo‘ymaslik va "axborot" tobeligi asosida tarqatma ma’lumotni tankidiy anglash, internet tarmogidagi resurslardan to‘g‘ri foydalanish, o‘z mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga, keng dunyoqarashga va pozitiv fikrlashga ega shaxsni shakllantirishga undadi.
T.f.n. prof. Dilorom Bobobojonova o‘z RR-taqdimotida yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan, ular dunyoqarashining shakllanishida salbiy tasir etadigan saytlarning, hamda jamiyatiga zarar keltiruvchi zamonaviy "g‘oyaviy" axborot viruslari, diniy-ekstremistik g‘oyalar bilan sug‘orilgan turli saytlarning o‘ziga xos belgilari bilan tanishtirdi. Dilorom Bobojonova o‘z suhbatida talabalarni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ogohlik va xushyorlikka davat etdi.
Talabalar o‘zlariniq savollarga batafsil javob oldilar. Ishtirokchilarning mazkur seminarga qiziqishi tanlangan mavzuning dolzarbligini tasdiqladi, unda keltirilgan real, hayotiy misollar talabalarning seminar-treningda olgan bilimlarini mustahkamlanishini taminlaydi.