Foydali resurslar
26 - 30 avgustgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 117 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
112 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 21 nusxa, tibbiyot - 2 nusxa, badiiy adabiyot - 45 nusxa, texnika - 31 nusxa, sa'nat - 3 nusxa, ta'lim va madaniyat - 3 nusxa, tabiiy fanlar - 5 nusxa, adabiyotshunoslik - 2 nusxa), 5 ta SD ROMga (siyosat - 3 nusxa, texnika - 2 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
Mustaqilligimizning 22 yilligi munosabati bilan 28 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Shu aziz Vatan barchamizniki» nomli foto tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston manzaralari, tabiati, urf-odatlari, shaharlari kabi fotosuratlarini taqdim etdilar. G‘oliblar hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan aniqlandilar.
29 avgust kuni soat 15:30 da «Jahon» o‘quv zalida «O‘zbekiston va AQSH: turli qit'alarning madaniyat rezonansi» hindular madaniyati haftaligi ishtirokchilari ya'ni Navaxo qabilasi gilam to‘quvchi ustasi Barbara Ornelas va Apachi qabilasi musiqiy ijrochisi Kennet Dankan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilarga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish, turli onlayn bazalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash maqsadida 2013 yil 2 sentyabrdan boshlab, Milliy kutubxonada Internet kunlik bepul limiti bir soat etib belgilanadi. Ushbu limitdan ortiq foydalanishning xar soati 300 so‘mni tashkil etadi.