Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda - Bo`limga qaytish


23.02.2015


16–20 fevralgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 166 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 16 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlash-tirildi: siyosat – 6 ta, san’at – 5 ta, maorif va madaniyat – 1 ta, adabiyotshunoslik – 3 ta, tabiiy fanlar – 1 ta), 150 ta avtoreferatlar ( siyosat -79 ta, tibbiyot – 20 ta, texnika – 15 ta, qishloq xo‘jaligi – 17 ta, tabiiy fanlar – 19 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

84 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.

Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 539100 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 16 – 20 fevral holatiga ko‘ra 59 nusxa gazeta, 5 jurnallardan jami 317 bibliografik yozuv kiritildi. 300 bibliografik yozuv tahrir qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 91 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 75 ta va bolalar adabiyoti uchun 16 ta) berildi. 21 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar