Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan tadbir - Bo`limga qaytish


21.02.2015
2015 yil 20 fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida Xalqaro ona tili kuniga bag‘ishlangan tabdir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad har bir mamlakatning o‘z tilini, til va madaniy merosini, madaniyatlararo munosabatlarni saqlashga bo‘lgan e’tiboriga alohida urg‘u berishdan iborat.

Tadbirda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari  Krista Pikkat xonim, Bangladesh Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi janob Masud Mannan, O‘zbekiston Baynalmilal do‘stlik markazi direktori Nasriddin Muhammadiyev, milliy madaniy markazlar vakillari, Toshkent shahrida joylashgan OO‘Yu talabalari va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
 
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari  Krista Pikkat xonim tadbir qatnashchilarini mazkur bayram bilan murakbod etdi, Xalqaro ona tili kunining mohiyati, uning xalqlar o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni taraqqiy etishidagi ahamiyati haqida gapirdi va YUNESKO bosh kotibi Irina Bokovaning Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan yo‘llagan maktubini o‘qib eshittirdi.
 
Bangladesh Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi janob Masud Mannan bayramning paydo bo‘lishi tafsilotlarini, jumladan, 1952 yilning 21 fevral kuni bo‘lib o‘tgan voqea – Bangladesh Respublikasi OO‘Yulari talabalarining ona tilida o‘qish, yozish va gapirish huquqlarini talab qilib chiqqan namoyishi va shu munosabat bilan 2000 yil 21 fevraldan buyon YUNESKO tashabbusi bilan Xalqaro ona tili kuni nishonlanishi to‘g‘risida gapirdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston xalq shoiri Maxmud Toir, Respublika Baynalmilal do‘stlik markazi direktori Nasriddin Muxammadiev, shoir Shukur Qurbon va milliy madaniy markazlar vakillari o‘z til boyliklari, millatlarining madaniy merosi va davlatimizninng tillarni va til madaniyatini saqlab qolish borasida ko‘rsatayotgan g‘amхo‘rligi to‘g‘risida gapirdilar.
 
Tadbir doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Z.Rahmatullaeva rahbarligida “Meros” guruhi, “Ozarbayjon gizlari” ansambli, kompozitor va qo‘shiqchi G.Arefev ijrosida A.S.Pushkin va A.Axmatova she'rlariga bastalangan romanslar,  “Maragi” koreys so‘zlashuv klubi vakillarining koreys milliy qo‘shig‘laridan tashkil topgan kontsert dasturi namoyish etildi.
Kontsert dasturi ishtirokchilari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar