Foydali resurslar
O‘zR VM qoshidagi prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan 320 bet hajmida chop etilgan axborot-tahliliy sharh i.f.d. A.M.Sodiqov rahbarligidigi mualliflar guruhi tomonidan taqdim etilgan.
Mazkur sharh O‘zbekistonning 2000-1013 yillar oralig‘idagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini to‘laqonli xarakterlovchi iqtisodiy-statistik materiallarni aks etadi. U respublika tarmoqlari o‘sishi omillari va rivojlanishi yo‘nalishlari to‘g‘risidagi 7 bo‘limdan iborat.
Iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy stabillikni sharhlash barobarida mualliflar iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy stabillikni ta’minlovchi omillarni ko‘rib chiqadilar va mamlakat investitsion faoliyatini baholaydilar.
Mualliflar kitobning 2-bo‘limida soliq-byudjet siyosati yo‘nalishlarini ochib berish bilan birga byudjetlaroaro munosabatlar sistemasidagi islohotlarga alohida to‘xtalgan bo‘lsalar, 3-bo‘limda pul-kredit siyosati choralari va instrumentlari, bank sohasi rivojlanishi yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Keyingi bo‘limlarda sanoat, agrar soha, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi yo‘nalishlari baholanadi, demografik rivojlanish masalalari, ta’lim tizimi islohotlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqiladi.
Kitobda O‘zR statistika Davlat ko‘mitasining, Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligi va O‘zR Markaziy banki rasmiy ma’lumotlari asosida ilovalar keltirilgan. Bu: sohalar o‘sish dinamikasi, samaradarlik indikatorlari, jamiyatning turli tizimlari rivojlanishi ko‘rsatkichlari, tuzilish ko‘rsatkichlari va shu kabi statistik ma’lumotlar. Bular bilan bir qatorida modernizatsiya jarayonini jadallashtirish, strategik muhim ishlab chiqarish ob’ektlarini texnik va texnologik qayta ta’minlash sohasiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxatining berilganligi kitobning soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar va OO‘Yu professor-o‘qituvchi va talabalari uchun naqadar muhimligini yana bir bor isbotlaydi.