Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
09.09.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

2 - 6 sentyabrcha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 196 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
50 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 1 nusxa, ta'lim va madaniyat  - 44 nusxa, tabiiy fanlar - 3 nusxa, adabiyotshunoslik - 2 nusxa) va 146 ta avtoreferatlarga (siyosat - 46 nusxa, tibbiyot - 24 nusxa, q/x - 3 nusxa, texnika - 17 nusxa, san'at - 4 nusxa 
06.09.2013 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondi Alisher Navoiy g‘azallarining polyak tilidagi to‘plami bilan to‘ldirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22-yilligi munosabati bilan polshalik mutaxassis Ya.Kjijovskiy tomonidan Alisher Navoiyning g‘azallari to‘plami birinchi marotaba polyak tiliga tarjima kilinib, kitob shaklida chop etildi.
Alisher Navoiy g‘azallarining polyak tilidagi to‘plam kitoblari Ya.Kjijovskiy tomonidan Polsha davlat kutubxonalariga tarqatilgan.
Ushbu nashrning bir nusxasi muallifning iltimosiga binoan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga foydalanish uchun taqdim etilgan. Marhamat ushbu g‘azalar to‘plamini “Jahon” xorijiy adabiyotlar zalida o‘qishingiz mumkin.
05.09.2013 Hurmatli foydalanuvchilar!


2013 yil 9 sentyabr kuni profilaktika va texnik sabablarga ko’ra kutubxona ishlamaydi. 

03.09.2013 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sentyabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar


12 sentyabr kuni soat 15:00 da Ko‘rgazmalar zalida “Mustaqil Vatanimizning ijodkor yoshlari” shiori ostida ijodkorlar klubining navbatdagi davra - suhbati bo‘lib o‘tadi.
18 sentyabr kuni soat 15:00 da Ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Diniy ishlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Turli diniy oqimlarga kelajak avlodning munosabati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.    

02.09.2013 Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan xotira kechasi o‘tkazildi

Istiqlol yillarida milliy qadriyatlarni tiklash, tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, nohaq unutilgan tarixiy siymolar xotirasini e'zozlash, madaniyatimiz va san'atimiz rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlar faoliyatini, ularning boy ma'naviy merosini tadqiq etish, targ‘ib va tashviq qilish, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tariximizning ayanchli, hasratli, fojiali sahifalaridan biri - sovetlarning qatag‘on siyosati davridir. Prezidentimizning 2001 yil 1 maydagi “Qatag‘on Qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi Farmoni ustiga kafan tashlangan ushbu davrni o‘rganish yuzasidan yangi ufqlarni ochib berdi.   

02.09.2013 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.   


Oldin   129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150 151    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar