Foydali resurslar
2015 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, opera qo‘shiqlari ijrochisi Saodat Qobulova tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Benazir ovoz sohibasi” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda A.Navoiy nomidagi DAKT artistlari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbek davlat san’at va madaniyat instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
2015 yil 15 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ertak ustasi, bolalarning sevimli yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalk yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboev kitoblari ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada yozuvchining turli yillarda nashr etilgan hikoya, qissa va romanlari o‘rin olgan.
Xudoyberdi Tuxtaboev 1932 yil 17 dekabrda tug‘ilgan. Ota-onasidan juda erta yetim qolgan Xudoyberdi bobo-buvisining qo‘lida tarbiya topdi. 1949 yilda Qo‘qon pedagogika bilim yurtini, 1955 yilda esa Toshkent Davlat universitetini tamomladi. Mehnat faoliyatini Fargona viloyati tuman maktabida o‘qituvchisi sifatida boshlab, keyinchalik ilmiy bulim mudiri va maktab direktori bulib ishladi.
2015 yil 15 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti va uning qoshidagi akademik litsey bilan hamkorlikda “Konstitutsiya va barkamol jamiyat orzusi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2015 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida faylasuf, matematik olim al-Farobiy hayotiga bag‘ishlangan “Sharq Arastusi” mavzusida bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shaxri axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Abu Nasr Farobiy (Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn O‘zlug‘ al-Farobiy) Forob tumanida (hozirgi Qozog‘iston hududida) 870 yilda tug‘ildi. U ilmga erta qiziqdi, arab, fors tillarini mukammal darajada o‘zlashtirdi, ilm istab Samarqand, Buxoro, Bog‘dod, Hirot, G‘azna, Harron, Damashq, Shom va yana ko‘plab shaharlarda yashadi. U o‘sha davrda Sharqning siyosat va madaniyat markazi bo‘lgan Bag‘dodda uzoq yillar yashagan. Farobiy o‘zi turkiy xalqlarga mansub bo‘lib, turkiy tillarni yaxshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puxta egallagan edi, arab tilini ham mukammal bilardi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, axloq, siyosat, falakiyot, kimyo, tibbiyot, musiqa va boshqa ilmlarga chuqur qiziqib, shu sohalarda ilmiy izlanishlar olib borgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi 2015 yilda “Farg‘ona” nashriyotida chop etilgan, 2 jildli Farg‘ona davlat universiteti to‘g‘risidagi nashr bilan boyitildi. Kitob respublikamizning to‘ng‘ich oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona davlat universitetining tarixiy ildizlari, sharafli yo‘li, ilmiy faoliyatidagi yuksalish bosqichlariga bag‘ishlangan.
2015 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxronasining “Tafakkur” o‘qish zalida “Xalq qudrati mujassam qo‘shiq” deb nomlangan, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi tarixiga oid kitob-rasmli qo‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazma "O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad, yosh avlodni milliy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashda madhiya alohida o‘ringa ega ekanligini, yurtimizningning eng ulug‘ qo‘shig‘ini e’zozlash, yod olish va baralla kuylash har bir yurtdoshimizning burchi ekanligi e’tirof etish.