Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “O‘zbekiston pochtasi: tarix va taraqiyot” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi - Bo`limga qaytish


13.02.2015


Mazkur kitob “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan 320 bet hajmida chop etildi. Kitob S.Axmedov rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.
Kitob O‘zbekistonda ko‘p yillik tarixga ega bo‘lgan pochta aloqasi paydo bo‘lishi va taraqqiyotiga bag‘ishlanadi. Ya’ni 2,5 asrdan ziyod O‘zbekiston xududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lidan boshlab hozirgi kunda pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish, jo‘natish, shuningdek, davlat pensiya va nafaqalarini, davriy matbuot nashrlarini tarqatadigan keng tarmoqli tizimga bag‘ishlangan.
Tuzilishi jihatidan kitob-albom keng ommaga tushunarli bo‘lgan axborotlarga boy. Barcha matnlar mazmunga mos, yorqin tasvirlangan rasmlar bilan berilgan.
Mazmunan kitob kitobxonni xronologik tartibda yetaklovchi bshlimlardan iborat. Bular: pochta aloqasiga bo‘lgan ehtiyoj va antik davrda uning takomili to‘g‘risidagi pochtaning shakllanish tarixi, Markaziy Osiyoda pochta tarixi, qadimiy turkiylar pochta tizimi,Temuriylar davrida pochta tizimi takomili kabi bo‘limlardir. Kitob keyingi sahifalarda XIX-XX asrlarda dunyoda va o‘lkamizda texnika taraqqiyoti va pochta aloqalari rivoji, mustaqillik davrida O‘zbekiston pochta tizimi “O‘zbekiston pochtasi” AJ shakllanishi va uning bo‘linmalari tuzilmasi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Kitob-albom kitobxonlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, O‘zbekistonda joriy etilgan yangi xizmat turlari va “O‘zbekiston pochtasi” AJning “Xalkaro pochtamt” va “Xalkaro tezkor pochta” va hududiy filiallari bilan tanishtiradi. Kitobda kadrlar tayyorlash va pochta xodimlarining ijtimoiy-ma’naviy yuksalishi borasida amalga oshirilayotgan choralarga, yurtimiz shaharlarda joylashgan aloqa tarixi muzeylariga alohida e’tibor qaratilgan.
Kitobda muhim sanalarga va mamlakatimiz yutuqlariga bag‘ishlab chop etilgan markalar tasvirlangan. Bular va shu kabi O‘zbekiston tarixi ixcham aks ettirilgan markalar filatelistlarni qiziqitrishi mumkin.
Kitobda rangli rasmlar, qadimgi va hozirgi dunyo kartalari, ta’rifli diagrammalar va jadvallar mavjudligi uning haqli ravishda kitob-albom deb atalishiga loyiq.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar