Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda - Bo`limga qaytish


10.02.2015


O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Istiqbol” o‘qish zalida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan “Andadur joni Boburning...” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.
Kitob-rasmli ko‘rgazmada Bobur va Boburiylar hayoti va ijodiga dahldor adabiyotlar, Zahiriddin Muhammad Boburning tanlangan asarlari o‘rin olgan. Ko‘rgazmaga taqdim etilgan kitoblardan tashqari foydalanuvchilar turli yillarda Bobur yubileylariga atab chop etilgan gazeta maqolalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazmada, albatta, asosiy o‘rin Boburning shox-asari “Boburnoma” (Bobur hukmronligi davrida Boburiylar tarixi)ga ajratilgan. Undagi voqealar turli xodisa va qarama-qarshi holatlarning yechimi tafsilotlari bilan berilgan. Ular shu voqealar guvohi – shaxsan Boburning o‘zi bilan bog‘liq. Mazkur asarda ko‘pgina tarixiy obrazlar (Temuriylar sulolasi vakillari, xarbiy amaldorlar, olimlar, san’at va madaniyat namoyondalari) mujassam. Boburning adabiy tili oddiy va hammaga tushunarli. U balandparvoz iboralarni, murakkab ifodalarni xush ko‘rmas edi.

Oradan qariyb besh asrdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, Boburning lirik g‘azal va ruboyilari, odob-ahloq, falsafa, xarbiy soha borasidagi o‘gitlari, pand-nasixatlari hanuz dolzarb. Uning asrlar mobaynida toblangan ijodi jahon fani va madaniyati tarixiga munosib iftixor bo‘lib kirgan.
Ko‘rgazmada shuningdek, Pirimqul Qodirov, Qamchibek Kenja, Rahim Vohidov, Abdurashid Abdug‘ofurovlarning Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini gavdalantirib, xarakterini keng kitobxonlar ommasiga ochib beruvchi tarixiy asarlari va Bobur asarlariga sharhlar taqdim etilgan.
Ko‘ragzmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar Milliy kutubxona fondida mavjud Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodidan xabardor etuvchi kitoblar bilan tanishadilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar