Foydali resurslar
2–6 fevralgacha Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 216 ta yangi nomdagi axborot-kutubxona resurslari qabul qilinib (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat – 38 ta, tibbiyot – 4 ta, texnika – 63 ta, qishloq xo‘jaligi – 17 ta, tabiiy fanlar – 9 ta, badiiy adabiyot - 75), ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
33 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.
Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 538300 taga yetdi.
Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2015 yil 2 – 6 fevral holatiga ko‘ra 32 nusxa gazeta, 5 jurnallardan, jami 200 bibliografik yozuv kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 60 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 45 ta va bolalar adabiyoti uchun 15 ta) berildi. 16 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.