Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «She’riyatning ikki darg‘asi» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


09.02.2015


O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiyning 574 yillik va Zahiriddin Muhammad Boburning 532 yillik tavalludi munosabati bilan «She’riyatning ikki darg‘asi» deb nomlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda Yunusobod tumani Xotin-qizlar ko‘mitasi raisi Nigora Ayudurahimova, Respublika ayollar muammolari eksperti, huquqshunos, f.f.d. Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Umida Teshaboyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Norqul Beknazarov Toshkent shahar maktab, kollej va akademik litseylari iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etdilar. Mazkur tadbir Toshkent shahar xokimiyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Respublika ayollar muammolari eksperti, huquqshunos, f.f.d. Jamila Shermuhammedova yig‘ilganlarga Alisher Navoiyning falsafiy va siyosiy qarashlari, uning xayrixohligida amalga oshirilgan ishlar: olimlar, mutafakkirlar, rassomlar, musiqachilar, shoirlar va hattotlarni moddiy qo‘llab quvvatlashlari, u tomonidan tashkil etilgan olimlar va ijodkorlar to‘garaklari, uning tashabbusi bilan qurilgan madrassa, kutubxona va shifoxonalar haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Umida Teshaboyeva shoir nomi bilan atalgan ziyo maskani- O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kechasi va buguni, unda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida, kutubxona fondi, foydalanuvchilar soni, kitob berish, xalqaro munosabatlar va dunyo kutubxonalari bilan aloqasi to‘g‘risidagi dalillarni jadvallar va diagrammalar yordamida ko‘rgazmali tarza gapirib berdi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Abror Berdiyev Bobur va Boburiylar sulolasining sharq madaniyati, ma’rifati, savdo-sotiq va san’ati taraqqiyotiga qo‘shgan xissasi haqida gapirdi. Boburning adabiy merosi haqida gapirar ekan, notiq uning asarlaridan namunalar o‘qib berdi.

Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi akdemik litsey o‘quvchilari Alisher Navoiy va Bobur qalamiga mansub she’rlar o‘qib, ular g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etdilar.

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar