Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
23.09.2013 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 
23.09.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

16 - 20 sentyabrcha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 150 ta yangi nomdagi avtoreferatlar qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 44 nusxa, tibbiyot - 9 nusxa, qishloq xo‘jaligi - 8 nusxa, texnika - 30 nusxa, san'at - 4 nusxa, ta'lim va madaniyat - 7 nusxa, tabiiy fanlar - 42 nusxa,  psixologiya - 2 nusxa, tilshunoslik - 4 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.  

18.09.2013 “Turli diniy oqimlarga kelajak avlodning munosabati” mavzuidagi davra suhbati

O`zbekiston dunyo miqyosida yosh mamlakatlardan biri bo`lishiga qaramay o`z orzusi va maqsadi yo`lida adashmay, turli yot illatlarga bandi bo`lmagan holda o`z kelajagini mustahkam qura olyapti desak, mubolagà bo`lmaydi. Mustaqillik rivojlanishning bir nechta jabhalari qatorida islom ma'rifatining rivoji uchun, shu bilan bir qatorda, musulmonlarning diniy ibodat va marosimlarini ado etishlari uchun ham qulay sharoit yaratib berdi. Qur'oni Karim to‘rt marta o‘zbek tilida chop etildi. Mutaxassis kadrlar tayyorlanib, barcha viloyatlarda diniy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 1999 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti tashkil qilindi. Mustaqillikkacha 83 ta masjid faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirga kelib 2500 dan ziyod masjidlar faoliyat olib bormoqda.

13.09.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

9 - 13 sentyabrcha  Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 188 ta yangi nomdagi kitob qabul qilinib ro‘yxatdan o‘tkazildi.
48 ta kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi:  tabiiy fanlar - 48 nusxa) va 140 ta avtoreferatlarga (siyosat - 38 nusxa, tibbiyot - 32 nusxa, texnika - 27 nusxa, san'at - 15 nusxa, tabiiy fanlar - 21 nusxa,  adabiyotshunoslik - 7 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 
13.09.2013 Hurmatli kitobxon!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Kutubxonaning elektron katalogi AIBS dasturiga kiritilgan bibliografik yozuvlarga, to‘liq matnli elektron ko‘rinishdagi resurslar ulandi.
To’liq matnli electron resurslarni Milliy kutubxonaning o’qish zallari kompyuterlaridagi AIBS dasturi,  elektron katalog orqali, o‘zingizga kerakli resursni tanlab, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.  
12.09.2013 Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida Kitoblarga raqamlar berish ISBN - 2013 Xalqaro agentligining yillik hisobot yig‘ilishi ochildi.

Joriy yilning 11 sentyabrida Nyu-York shahrida (AQSH) Kitoblarga raqamlar berish ISBN-2013 Xalqaro agentligining yillik hisobot yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Kitoblarga ISBN raqamlarini berish Xalqaro agentligi kitoblarning xalqaro standart raqami (ISBN)ni qo‘llash asosida nashrlarni identifikatsiya qilish masalalari bilan shug‘ullanadi hamda ISBN raqamini qo‘llash tartibi, tuzilishi, tarkibi, yozish shakli, nashrlarda joylashtirish tartibini belgilaydi. Kitoblarning xalqaro standart raqami (ISBN) 1967 yilda Buyuk Britaniyaning J. Whitaker & Sons Ltd kompaniyasi va 1968 yilda AQSHda R.R. Bouker (R.R. Bowker)lar tomonidan joriy qilingan raqamlashtirish tizimiga asoslangan holda ishlab chiqilgan.


Oldin   128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar