Foydali resurslar
2015 yil 6 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish, yoshlarning media savodxonligini va ko‘ngilochar saytlardagi axborotlardan to‘g‘ri foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilayotgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
Bu galgi tadbir Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilib yoshlarni axborot xurujlaridan ogoh qilish va ulardan himoyalash mavzusiga bag‘ishlandi. Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori p.f.n. dots. Xayrulla Umarov yig‘ilganlarni ogohlikka, axborot tashuvchilar bilan muomalada ehtiyotkorlikka da’vat etdi. Shuningdek, u axborot globallashuvi jarayonida milliy axborot makonini shakllantirish, himoya qilish va uni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan samarali ishlarni yoshlar ongiga singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.